Toshkent markazida Respublika bolalar kutubxonasida restavratsiya ishlari yakunlandi. Seshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev uni ochib berdi.

Tarixiy binoni rekonstruksiya qilish loyihasi Sankt-Peterburgning Ludi Architects arxitektura byurosi tomonidan amalga oshirildi. Ishlar 2020-yilda boshlangan edi.

Kutubxona o‘zbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 180 ming kitob fondiga ega, deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida. Tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. U orqali kitobxonlarni ro‘yxatga olish, kitob olish va topshirish jarayonlari elektron tarzda tashkil etiladi.

Muassasada xalqaro konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni ham bevosita, ham onlayn o‘tkazish imkoni yaratilgan. Hudud obodonlashtirilib, yangi qiyofaga kirgan. Kichik amfiteatr tashkil etilgan.

31-avgust kuni kutubxonada ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Bir qator mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto

prezident, республика bolalar кутубхонаси, шавкат мирзиёев