Elmurod Ergashovich Tursunov Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Elmurod Tursunov 1983-yilda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2006−2007-yillarda Nukus shahridagi 1-sonli davlat notarial idorasi arxivariusi lavozimidan boshlagan. 2007−2022-yillarda Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022-yil 30-dekabrdan hozirgi vaqtgacha Qoraqalpog‘iston adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tursunovdan oldingi vazir Saylaubay Mambetkadirov 2020-yildan beri vazirlikni boshqarib kelayotgandi.

Shuningdek, 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar vazirlikning Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Amangeldi Prenov Qoraqalpog‘iston adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.