Koronavirus

SSV koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi
12 yanvar 2022, 10:58

SSV koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan xavotir bildirdi

Seshanba kuni O‘zbekistonda 604 ta yangi koronavirus infeksiyasi aniqlangan va 4 kishi vafot etgan. Bunday ko‘rsatkich oxirgi marta sentabr oyida qayd etilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyat xavotirli bo‘lib borayotganini ma’lum qildi.

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi
11 yanvar 2022, 12:01

Kunlik koronavirus holatlari soni 400 dan oshdi

Dushanba kuni 425 kishida koronavirus aniqlandi. Yana 4 kishi kasallikdan vafot etdi.

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida
10 yanvar 2022, 18:20

«Jarima to‘g‘risida gap yo‘q». Habibulla Oqilov niqob taqmaganlar jarimaga tortilishi haqida

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida niqob taqmaganlar jarimaga tortilmasligi, aksincha ogohlantirilishi ta’kidlanganini ma’lum qildi. «Yo‘lda to‘xtatgan militsiya, Milliy gvardiya xodimi o‘zi niqobni „iltimos shuni taqib oling“ deb beradi. Hech qanday jarima to‘g‘risida gap yo‘q», — dedi u.

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti
10 yanvar 2022, 17:57

Hozircha qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmayapti

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilgani yo‘q. Ommaviy tadbirlar bekor qilinmagan, ammo epidemiologik vaziyatga qarab choralar keskinlashishi mumkin, deya ta’kidlandi poytaxtda o‘tgan SSV va SEO matbuot anjumanida.

Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda jami 200 kishi bo‘lgan
10 yanvar 2022, 16:35

Omikron aniqlangan shaxs kelgan samolyotda jami 200 kishi bo‘lgan

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev ilk «omikron» aniqlangan bemor bilan birga samolyotda 130 nafar o‘zbekistonlik, 70 nafar chet el fuqarosi bo‘lganini va ularning barchasi karantinga olinganini ma’lum qildi. U shuningdek, O‘zbekistonda omikron 7 yanvar kuni aniqlansa-da, 8 yanvar kungi xabarda omikron aniqlanmagani aytilganiga izoh berdi.

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi
10 yanvar 2022, 11:23

O‘zbekistonga yarim million dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga COVAX global dasturi doirasida beg‘araz yordam sifatida 500 ming dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi.

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi
10 yanvar 2022, 11:20

Yakshanba kuni 389 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yakshanba kuni deyarli 390 kishida koronavirus aniqlandi, 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Omikron O‘zbekistonda yangi koronavirus to‘lqinini boshlashi mumkinmi?
9 yanvar 2022, 20:34

Omikron O‘zbekistonda yangi koronavirus to‘lqinini boshlashi mumkinmi?

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini tugashi bilanoq kunlik koronavirus holatlarida yana keskin o‘sish kuzatildi. 8 yanvar kuni pandemiya boshidan buyon qish mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi, keyinroq mamlakatda omikron shtammi aniqlangani aytildi. Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus to‘lqinlari asosan bahorning oxirida boshlanib, qishgacha davom etayotgan edi.

O‘zbekistonda «omikron» shtammi qayd etildi
9 yanvar 2022, 18:27

O‘zbekistonda «omikron» shtammi qayd etildi

SSV 7 yanvar kuni O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. 8 yanvar holatiga COVID-19 bilan kasallanish holatlari rekord darajada qayd etilib (369 ta holat), umumiy kasallanishlar soni 200 mingdan oshdi.

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi
9 yanvar 2022, 17:32

O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirildi

COVID-19`ga qarshi kurash bo‘yicha maxsus komissiya karantin choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Barcha tashkilotlarga xodimlarni faqat emlanganidan keyin ish joyiga kiritishga ruxsat beriladi. Davlat organlariga har qanday tadbir o‘tkazish taqiqlanadi. Aholini to‘liq emlash jarayoni jadallashtiriladi.

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi
7 yanvar 2022, 11:51

O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari keskin ortdi

So‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 397 kishi koronavirus yuqtirib oldi, uch kishi esa vafot etdi. 5 yanvargacha COVID-19`ga chalinganlar soni 100 kishidan oshmayotgan, 9 kundan beri esa o‘limlar qayd etilmagan edi.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi
7 yanvar 2022, 11:24

Buyuk Britaniya O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan olishni boshladi

Buyuk Britaniya 10 yanvardan O‘zbekistonning koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasman tan olishni boshlaydi. Endilikda vaksina olgan o‘zbekistonliklar Angliyaga kirish uchun PZR testini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi
4 yanvar 2022, 18:30

13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

2021 yilda koronavirusga qarshi 39,2 mln doza vaksina qo‘llanilgan. Jumladan, 13,5 mln nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Vaksina olganlarning eng katta qismi Samarqand viloyatida.

Messi koronavirusga chalindi
2 yanvar 2022, 22:25

Messi koronavirusga chalindi

«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

«Tengsizliklar pandemiyasi». Jahon banki 2021 yil yakuniga bag‘ishlangan sharhlarni e’lon qildi
31 dekabr 2021, 14:33

«Tengsizliklar pandemiyasi». Jahon banki 2021 yil yakuniga bag‘ishlangan sharhlarni e’lon qildi

Jahon banki 2021 yil bo‘yicha bergan sharhida, pandemiya fonida kechayotgan global miqyosdagi notekis iqtisodiy tiklanish, vaksinalardan foydalanish imkoniyatining tengsizligi, daromad yo‘qotilishidagi farqlar va ta’limdagi tafovutlarni qayd etib, o‘tgan yilni «tengsizliklar pandemiyasi» deb atadi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya sabab dunyo miqyosida o‘ta qashshoqlikda kun kechirayotgan aholi soni qariyb 100 millionga yetgan.

Niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV
30 dekabr 2021, 12:31

Niqob taqish majburiyati bekor qilinmagan — IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi 1 noyabrdan niqob taqish bekor qilinganligini aytgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi «Gazeta.uz»ga tibbiy niqob taqish majburiyati bekor qilinmaganligini ma’lum qildi. Xodimning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi
30 dekabr 2021, 11:21

O‘zbekistonda yarim yildan beri ilk marta koronavirusdan o‘lim qayd etilmadi

29 dekabr kuni oxirgi 6 oy ichida birinchi marotaba koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Kasallik yuqtirganlar soni esa yana 100 nafardan oshib ketdi.

ZF-UZ-VAC2001 ishlab chiqaruvchisi o‘zining vaksinasi omikron shtammidan himoya qila olishini bildirdi
13 dekabr 2021, 22:06

ZF-UZ-VAC2001 ishlab chiqaruvchisi o‘zining vaksinasi omikron shtammidan himoya qila olishini bildirdi

Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical biofarmatsevtika kompaniyasi ular yaratgan vaksina koronavirusning omikron shtamidan himoya qila olishini bildirdi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar kompaniyaning rekombinant vaksinasi har qanday darajadagi koronavirus infeksiyasidan himoya qilish samaradorligini 81,43% ko‘rsatgan.

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
12 dekabr 2021, 14:01

O‘zbekistonga 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga Xitoydan 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar soni 49 mln dozadan oshdi.

O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi
10 dekabr 2021, 23:04

O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting