Koronavirus

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi
11 fevral 2022, 10:51

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati hozirgacha buster doza olishi mumkin bo‘lgan 5,2 mln nafar fuqarodan 733,8 ming nafari ushbu doza bilan emlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. «Buster doza bilan emlanish „alfa“, „delta“, „omikron“ shtammidan himoya qila oladi», — deyiladi xabarda.

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi
11 fevral 2022, 10:20

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi

Payshanba kuni 625 kishining koronavirusga topshirgan test tahlilida musbat natija qayd etildi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 67 taga kam. Qolaversa, kun davomida 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Koronavirusning kunlik holati 700 tadan kamaydi
10 fevral 2022, 10:43

Koronavirusning kunlik holati 700 tadan kamaydi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusning kunlik holati 11 yanvardan beri ilk bor 700 tadan kamaydi — bir sutkada 692 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha 778 kishida koronavirus aniqlandi
9 fevral 2022, 12:11

Kecha 778 kishida koronavirus aniqlandi

Seshanba kuni 778 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi (bir kun oldin — 773 nafar edi), qolaversa, yana 133 kishi (129 kishi) pnevmoniyaga chalindi. COVID-19 asoratlari oqibatida 4 kishi vafot etdi.

SSV o‘zbekistonliklarni koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirdi
9 fevral 2022, 10:10

SSV o‘zbekistonliklarni koronavirusga qarshi vaksina olishga chaqirdi

Yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga murojaat qilgan bemorlarning 96% koronavirusga qarshi vaksina olmaganligi aytildi. Kasallanganlarning faqat 4,1 foizi kovidga qarshi emlangan, ular orasida o‘lim holati qayd etilmagan. SSV vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, o‘lim holatlari ham kuzatilganligini ta’kidladi.

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV
8 fevral 2022, 11:52

280 mingdan ortiq bola koronavirusga qarshi to‘liq emlandi — SSV

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning jami 280 140 nafari koronavirusga qarshi to‘liq vaksina kursini olgan. Bu umumiy emlanishlarning 5 foizini tashkil qiladi.

Koronavirus statistikasi pasayishda davom etmoqda
8 fevral 2022, 10:53

Koronavirus statistikasi pasayishda davom etmoqda

Dushanba kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu avvalgi kunga nisbatan 59 nafarga kam. Pnevmoniyaga chalinganlar soni ham kamaymoqda. Virus qurbonlari esa kecha yana 2 nafarga ortdi.

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi
7 fevral 2022, 11:10

Kunlik koronavirus holatlari soni 900 nafardan kamaydi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonda bir sutka davomida 900 nafardan kam kishida koronavirus aniqlandi. Pnevmoniya bilan kasallanganlar soni ham avvalgi kunlarga nisbatan birmuncha kamaygan.

O‘zbekistonda koronavirusga kunlik chalinishlar soni 900 tadan kamaydi
6 fevral 2022, 10:55

O‘zbekistonda koronavirusga kunlik chalinishlar soni 900 tadan kamaydi

Shanba kuni O‘zbekistonda 887 nafar kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi. Shuningdek, 5 fevral kuni 148 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, koronavirus oqibatida 3 nafar bemor vafot etdi.

Koronavirusning kunlik holati 912 tagacha kamaydi
5 fevral 2022, 11:10

Koronavirusning kunlik holati 912 tagacha kamaydi

Juma kuni O‘zbekistonda 912 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test namunalari musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun avval bu ko‘rsatkich 961 taga yetgandi. Qolaversa, 155 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Payshanba kuni 961 kishida koronavirus aniqlandi
4 fevral 2022, 12:15

Payshanba kuni 961 kishida koronavirus aniqlandi

3 fevralda yana 961 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, 4 bemor vafot etdi. Kasallanganlarning eng ko‘pi haligacha Toshkent shahri va viloyatida aniqlanyapti.

Koronavirusning kunlik holati 1000 tadan kamaydi
3 fevral 2022, 10:17

Koronavirusning kunlik holati 1000 tadan kamaydi

Koronavirus yuqtirib olganlarning kunlik soni 22 yanvar maksimal (1478 ta) darajaga yetgandan beri ilk bor — 1000 tadan kamayib, 926 tani tashkil qildi. Eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan hudud Toshkentligicha qolmoqda — 431 ta. Kovid asoratlari oqibatida 4 nafar bemor vafot etdi. Qolaversa, 188 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Fevralning birinchi kunida 1087 kishida koronavirus aniqlandi
2 fevral 2022, 10:39

Fevralning birinchi kunida 1087 kishida koronavirus aniqlandi

Seshanba kuni 1087 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi. Shuning yarmidan ko‘pi poytaxt hisobiga to‘g‘ri keldi — 589 ta holat. Qolaversa, 209 kishida pnevmoniya aniqlandi. COVID-19 asoratlari oqibatida esa 3 kishi vafot etdi.

Kovid va pnevmoniya bilan kasallanish statistikasi pasayib bormoqda
1 fevral 2022, 11:11

Kovid va pnevmoniya bilan kasallanish statistikasi pasayib bormoqda

22 yanvardan beri koronavirusning kunlik holati kamayib bormoqda — dushanba kuni virus 1015 kishida aniqlandi. Toshkent shahrida kasallanish holatlari ortgan, viloyatlarda esa kamaygan. Qolaversa, 196 nafar fuqaroda pnevmoniya qayd etildi.

Yakshanba kuni qariyb 1100 kishida koronavirus aniqlandi
31 yanvar 2022, 10:47

Yakshanba kuni qariyb 1100 kishida koronavirus aniqlandi

30 yanvar kuni 1089 kishida koronavirus qayd etildi, 203 kishida pnevmoniya aniqlandi. Kasallanish soni so‘nggi haftada kamayib bormoqda.

Maktablar ochiq qolishi kerak — UNICEF
29 yanvar 2022, 14:40

Maktablar ochiq qolishi kerak — UNICEF

UNICEF maktablar yopilishining uzoq muddatli oqibatlari qaytarilmas bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilib, barcha mamlakatlarni COVID-19 tarqalishiga qaramasdan, maktablarni yopmaslikka chaqirdi. “Maktablar ta’lim berishdan tashqari, zaif bolalar farovonligini ham himoya qiladi va boshqa ko‘plab muhim xizmatlardan foydalanishlarini ta’minlaydi”, deyiladi jamg‘arma bayonotida.

Juma kuni 1152 kishida COVID-19 aniqlandi
29 yanvar 2022, 11:14

Juma kuni 1152 kishida COVID-19 aniqlandi

Juma kuni 1152 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. 4 nafar bemor olamdan o‘tdi. Qolaversa, 247 nafar fuqaroda pnevmoniya aniqlandi.

COVID-19: Qariyb 1200 kishida virus aniqlandi
28 yanvar 2022, 10:20

COVID-19: Qariyb 1200 kishida virus aniqlandi

Payshanba kuni 1186 kishi topshirgan test tahlillarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 3 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi. Qolaversa, 216 kishida pnevmoniya qayd etildi.

COVID-19: Seshanba kuni qariyb 1200 kishida koronavirus aniqlandi
26 yanvar 2022, 10:11

COVID-19: Seshanba kuni qariyb 1200 kishida koronavirus aniqlandi

Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortdi — seshanba kuni 1174 kishi koronavirus yuqtirib oldi. 4 nafar bemor esa vafot etdi. Qolaversa, 114 kishida pnevmoniya aniqlandi.

COVID-19: Dushanba kuni 1100 dan ortiq kishida virus aniqlandi
25 yanvar 2022, 10:12

COVID-19: Dushanba kuni 1100 dan ortiq kishida virus aniqlandi

Dushanba kuni 1123 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, shu bilan ketma-ket ikkinchi kun virusning kunlik holati kamaymoqda. 3 bemor esa vafot etdi. Qolaversa, 98 kishida pnevmoniya qayd etildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting