Seshanba kuni O‘zbekistonda kunlik kasallanishlar soni 600 tadan oshdi, vaziyat xavotirli tus olmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

11 yanvar kuni kasallanganlar soni keskin ortib (604 nafar), oldingi kunga (425 nafar) nisbatan yana 179 nafarga ko‘paydi.

Bu kabi 600 dan ortiq kasallanishlar soni oxirgi marta 16 sentabr kunida aniqlangan edi (624 nafar).

Bundan tashqari yana 4 nafar bemor vafot etdi. Oldingi kun ham 4 kishi koronavirus qurboniga aylangan edi. Hozirda umumiy hisobda 1505 kishi mazkur kasallikdan vafot etgan.

Yangi kasallanish holatlarining yarmidan ko‘pi (331 nafari) Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.