«PSJ» klubining to‘rt nafar futbolchisi koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmatiga tayanib Sports.ru nashri xabar bermoqda.

Hujumchi Lionel Messi, himoyachi Xuan Bernat, darvozabon Serxio Riko va yarim himoyachi Natan Bityumazala topshirgan test musbat chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, futbolchilar hozirda o‘zini o‘zi yakkalagan va joriy etilgan protokol talablariga rioya etmoqda. Ular keyingi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Yozda «PSJ»ga o‘tgan Messi Fransiya Ligasida 11 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.

Shuningdek, parijliklar 19 o‘yinda 46 ochko to‘plab, Fransiya ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.