10 dekabr kuni O‘zbekistonga Rossiyadan 200 ming doza yangi turdagi vaksina — Sputnik Light keltirildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetgan.

Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. SSVning ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq O‘zbekistonga ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingan.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar dozasi 48 million 36 ming 368 tani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 2 404 480 dozasi AstraZeneca;
  • 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi «Sputnik V»;
  • 3 000 060 dozasi Moderna;
  • 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  • 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Ma’lum qilinishicha, vaksinalarning 35 610 274 dozasi (74,1%) emlash jarayonlarida qo‘llab bo‘lingan.