Koronavirus

O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi
24 yanvar 2022, 17:47

O‘zbekistonga kirishda koronavirusga ekspress test olish tartibi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi 25 yanvardan xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga ekspress test olish tartibini bekor qildi. Bunda tashrif buyuruvchilar kamida 48 soat oldin topshirgan manfiy PZR-test ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.

Yakshanba kuni qariyb 1300 kishida koronavirus aniqlandi
24 yanvar 2022, 10:10

Yakshanba kuni qariyb 1300 kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni 1296 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi ijobiy natijani qayd etdi. Bu ko‘rsatkich shanba kuni qariyb — 1500 ga yetgan edi. Ikki bemor kasallik oqibatida vafot etdi. Qolaversa, 172 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Koronavirusning kunlik holati 1400 ga yaqinlashdi
22 yanvar 2022, 10:54

Koronavirusning kunlik holati 1400 ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda juma kuni koronavirusning kunlik holati 1390 taga yetdi, ketma-ket to‘rtinchi kun antirekord qayd etilmoqda. Qolaversa, SSV pnevmoniya holati bo‘yicha yana xabar bera boshladi — u bir kunda 289 kishida aniqlandi.

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi
21 yanvar 2022, 10:30

COVID-19: Bir sutkada 1321 kishida kasallik aniqlandi

Ketma-ket uchinchi kun antirekord qayd etildi — payshanba kuni 1321 kishida koronavirusga topshirilgan test musbat natijani ko‘rsatdi. 3 nafar bemor esa virus asoratlaridan vafot etdi.

Chorshanba kuni 1307 kishida koronavirus aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:27

Chorshanba kuni 1307 kishida koronavirus aniqlandi

Ketma-ket ikkinchi kun antirekord yangilandi, chorshanba kuni yana 1307 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Yana 4 nafar bemor virus asoratlari oqibatida vafot etdi.

«90−95% bemorda o‘pka zararlanishi kuzatilmayapti» — Zangiota 1-son shifoxonasi direktori
19 yanvar 2022, 15:28

«90−95% bemorda o‘pka zararlanishi kuzatilmayapti» — Zangiota 1-son shifoxonasi direktori

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning so‘zlariga ko‘ra, «5 yanvardan keyin murojaat qilgan bemorlarning 90−95 foizida o‘pkaning zararlanishi kuzatilmayapti». U davolanish muddati o‘rtacha 5 kunni tashkil qilayotgani va kasallik bemorlarda yengil kechayotganini ma’lum qildi.

Poytaxtda vaksina olmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi
19 yanvar 2022, 11:58

Poytaxtda vaksina olmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi

Dushanba kuni Toshkent shahridagi 508 ta budjet tashkiloti va tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Buning natijasida koronavirusga qarshi emlanmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlatildi, 200 nafari esa jarimaga tortildi. Yana bir tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Antirekord yana yangilandi: 1200 dan ortiq kishi koronavirucga chalindi
19 yanvar 2022, 10:44

Antirekord yana yangilandi: 1200 dan ortiq kishi koronavirucga chalindi

Seshanba kuni koronavirusning kunlik holati 1214 taga yetib, antirekord yana yangilandi. 3 nafar bemor esa vafot etdi. Bunga qadar, eng ko‘p holat 16 yanvar kuni — 1037 kishida virus qayd etilgandi.

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi
18 yanvar 2022, 15:46

O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturidan 11 mln doza vaksina oladi

YUNISEF vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzadening ma’lum qilishicha, O‘zbekiston birinchi chorakda COVAX dasturi doirasida 11 mln dozadan ko‘proq vaksina qabul qilib oladi. COVAX orqali hozirgacha yetkazib berilgan vaksinalar hajmi 10 mln dozadan oshgan.

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
17 yanvar 2022, 10:23

Antirekord yangilandi: 16-yanvar kuni mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlandi, shuni yarmidan ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolaversa, bemorlarning yana 3 nafari vafot etdi.

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi
16 yanvar 2022, 21:44

SES O‘zbekistonga kirganlardan ekspress test olinayotganini izohladi

O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi
16 yanvar 2022, 11:57

Shanba kuni 900 dan ortiq kishida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi

15 yanvar kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlarining yarmi Toshkent shahrida (456 ta) qayd etildi.

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi
15 yanvar 2022, 13:24

Toshkentning 12 ta tumanida kovid-poliklinikalar ishga tushdi

Poytaxtning 12 tumanida 24 soat faoliyat olib boruvchi kovid-poliklinikalar o‘z ishini boshladi. Bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, PZR-test, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlangan (ro‘yxat).

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda
15 yanvar 2022, 11:47

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ketma-ket yettinchi kun o‘smoqda

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket yettinchi kun o‘sishda davom etmoqda — juma kuni yana 876 kishida virus aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (434 ta holat) qayd etildi. 2 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda
14 yanvar 2022, 19:43

O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga majburiy test topshirish joriy etilmoqda

Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.

COVID-19: Ketma-ket oltinchi kun koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda
14 yanvar 2022, 11:02

COVID-19: Ketma-ket oltinchi kun koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda

Koronavirus bo‘yicha kunlik holatlar ketma-ket oltinchi kun o‘sishda davom etayapti — payshanba kuni yana 824 kishida virus aniqlandi. Birgina poytaxtning o‘zida 434 ta holat qayd etildi. 3 kishi esa COVID-19 oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishga cheklovlar joriy etadi
13 yanvar 2022, 20:53

O‘zbekiston Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishga cheklovlar joriy etadi

O‘zbekiston «omikron» tarqalayotgani munosabati bilan 15 yanvardan Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishga vaqtinchalik cheklov joriy etmoqda. Cheklovlar avialoqalarga hamda vatanga qaytayotgan fuqarolarga taalluqli emas.

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi
13 yanvar 2022, 10:24

Kunlik koronavirus holatlari soni 700 tadan oshdi

12-yanvar kuni O‘zbekistonda yana 714 kishi koronavirusga chalindi. Bu oldingi kundan 110 nafarga ko‘p. Kasallanish ketma-ket 5-kun yana ortmoqda. Shuningdek, 3 kishi virusdan vafot etdi.

Emlanmagan xodimlar masofadan ishlaydi — Anvar Alimov
12 yanvar 2022, 17:20

Emlanmagan xodimlar masofadan ishlaydi — Anvar Alimov

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov 15 yanvardan tashkilotlarning emlanmagan ishchilari masofaviy ishlashga yuborilishini ma’lum qildi. «Keyingi besh kun ichida ishchilari vaksinaning birinchi dozasini olgan muassasalar avvalgidek ishlashda davom etishlari mumkin», — deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi
12 yanvar 2022, 12:30

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi va yarim himoyachisida koronavirus aniqlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Sloveniyada koronavirusga chalindi. Shu sababli, u Dubayda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda qatnasha olmaydi, uning o‘rniga yordamchi murabbiylar mashg‘ulot o‘tkazadi. Qolaversa, jamoa yarim himoyachisi Hojimat Erkinovda ham COVID-19 aniqlanib, karantinga olingan.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting