O‘tgan yilda O‘zbekiston aholisining tegishli qatlamini emlash uchun 39 203 933 doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda SSV.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilda to‘liq vaksina kursini olganlar 18 yoshdan katta emlanuvchilarga nisbatan 63 foizdan yoki 13,5 million nafardan oshgan.

To‘liq emlanlganlarning:

  • 852 574 nafari 65 yoshdan oshganlar;
  • 427 833 nafari tibbiyot xodimlari;
  • 431 274 nafari maktab o‘qituvchilari;
  • 167 064 nafari maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari;
  • 828 103 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolar.

To‘liq emlanganlarning qolgan qismi boshqa aholi vakillari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, shu paytgacha emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining qariyb 88 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini oldi.

Bu — O‘zbekistonning 18,8 million nafardan ortiq aholisi vaksina qabul qilgan degani.

Statistikaga ko‘ra, yil davomida:

  • 29,6 million dozadan ortiq ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi;
  • 1,9 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasi;
  • 2 million dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi;
  • 3 million doza Moderna vaksinasi;
  • 912 ming dozadan ortiq Sputnik V vaksinasi qo‘llanildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga qarshi to‘liq emlangan aholining eng katta qismi Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatda 1 765 228 nafar fuqaro to‘liq vaksina olgan.

Koronavirusga qarshi to‘liq vaksina olganlar viloyatda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 74 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.