O‘zbekistonda yakshanba kuni aniqlangan COVID-19 bilan bog‘liq holatlar 389 tani tashkil etmoqda. Bu shanba kuni qayd etilgan holatlardan 20 taga ko‘p (369). Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Pandemiya boshlanganidan beri aniqlangan holatlarning umumiy soni 200 730 ga yetdi.

9 yanvar kuni eng ko‘p yangi kasallanish holatlari Toshkent shahri (193 ta), Toshkent viloyati (51 ta) va Samarqand viloyatiga (44 ta) ga to‘g‘ri keldi.

Kun davomida yana 3 kishi koronavirusdan vafot etgan. Hozirda koronavirus qurbonlari soni jami 1497 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusning «omikron» shtammi aniqlangani xabar qilingandi. Shu sababli O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi aytilgandi.