Koronavirus

O‘zbekistonga 2,2 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi
9 mart 2022, 10:24

O‘zbekistonga 2,2 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi olib kelindi

Chorshanba kuni O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 2 mln 257,6 ming doza Moderna vaksinasini qabul qilib oldi.

Koronavirus statistikasi keskin pasaydi
8 mart 2022, 15:41

Koronavirus statistikasi keskin pasaydi

7-mart kuni 27 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu so‘nggi 12 oy ichidagi eng past ko‘rsatkich.

Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Qashqadaryoda kovid aniqlanmadi
28 fevral 2022, 10:54

Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Qashqadaryoda kovid aniqlanmadi

Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Qashqadaryodan tashqari 11 ta hududda jami 106 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 15 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Kunlik koronavirus holatlari kamayishda davom etmoqda
27 fevral 2022, 11:39

Kunlik koronavirus holatlari kamayishda davom etmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonda 125 kishida kovid qayd etildi. Kun davomida 3 nafar bemor vafot etdi, 19 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Juma kuni 138 kishida kovid aniqlandi
26 fevral 2022, 10:47

Juma kuni 138 kishida kovid aniqlandi

Juma kuni O‘zbekistonda 138 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi, bu bir kun oldingi (156 ta) holatdan kamroq. Kun davomida ikki bemor vafot etdi, 21 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Iyulgacha 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi — Bahodir Yusupaliyev
25 fevral 2022, 15:59

Iyulgacha 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi — Bahodir Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev mart, iyun va iyul oylarida yana 4 mln doza Pfizer, 7,5 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinishini ma’lum qildi. Qolaversa, O‘zbekistonda yana 10 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi ham ishlab chiqarilgan.

Koronavirusning kunlik holati biroz ko‘paydi
25 fevral 2022, 11:50

Koronavirusning kunlik holati biroz ko‘paydi

Payshanba kuni 156 kishining COVID-19`ga torshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bir kun oldin ushbu ko‘rsatkich — 140 tani tashkil qilgandi. Qolaversa, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Olimlarimiz koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina ustida ishlayapti — Abdulla Aripov
24 fevral 2022, 16:03

Olimlarimiz koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina ustida ishlayapti — Abdulla Aripov

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi
24 fevral 2022, 10:42

Chorshanba kuni 140 kishida kovid aniqlandi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 140 nafar fuqaroning koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani qayd etdi. Shuningdek, kun davomida 24 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?
24 fevral 2022, 07:37

Yana qanday karantin cheklovlari bekor qilinmoqda?

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish joylari va ko‘ngilochar obyektlar ish vaqtiga nisbatan cheklovlar hamda umumiy ovqatlanish joylari va jamoat transporti harakatlanuvchi tarkibi umumiy sig‘imidagi o‘rinlarni 50 foizgacha qisqartirish talabi bekor qilindi. Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur cheklovlarning bekor qilinishini “odatiy hayot tarziga qaytishning dastlabki qadamlaridan biri” deb atadi.

Koronavirusga qarshi buster doza olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi
23 fevral 2022, 21:14

Koronavirusga qarshi buster doza olmagan xodimlar ishdan chetlashtiriladi

Maxsus komissiya ish beruvchilar koronavirusga qarshi vaksina va buster doza olgan ishchilari qamrovini kamida 90 foizga yetkazishi kerakligini belgiladi. Vaksina va buster doza olmagan xodimlar vaqtinchalik ishdan chetlashtiriladi.

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
23 fevral 2022, 20:52

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi

Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.

Seshanba kuni 138 kishida kovid aniqlandi
23 fevral 2022, 11:02

Seshanba kuni 138 kishida kovid aniqlandi

Seshanba kuni O‘zbekistonda 138 kishining koronavirusga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Bu 5 yanvardan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich.

Covid-19: 160 kishi virusga chalindi, Sirdaryoda kasallar aniqlanmadi
21 fevral 2022, 10:37

Covid-19: 160 kishi virusga chalindi, Sirdaryoda kasallar aniqlanmadi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 160 kishida koronavirus qayd etildi. 34 kishi pnevmoniyaga chalindi. Kasallanish oldingi kunga nisbatan kamaygan. Sirdaryoda va Qashqadaryoda virusga chalingan bemor aniqlanmagan.

Kovidning kunlik holati 200 dan kamaydi
19 fevral 2022, 10:15

Kovidning kunlik holati 200 dan kamaydi

Juma kuni 191 kishining koronavirusga topshirgan test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, bu 5 yanvardan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu kuni 3 kishi kovid asoratlari oqibatida vafot etdi. 42 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Koronavirusning kunlik holati 250 dan kamaydi
17 fevral 2022, 10:34

Koronavirusning kunlik holati 250 dan kamaydi

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 241 nafar fuqaro koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi, bu bir kun oldingi holatga qaraganda 55 taga kam (296). Toshkent shahrida ham kunlik holat 100 dan kamaydi. 47 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

Koronavirusning kunlik holatlari 300dan pasaydi
16 fevral 2022, 10:26

Koronavirusning kunlik holatlari 300dan pasaydi

15 fevral kuni O‘zbekistonda 296 ta koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. 2 nafar bemor vafot etdi, 52 kishida pnevmoniya aniqlandi.

14-fevralda koronavirus aniqlanganlar soni 300 nafardan sal oshdi
15 fevral 2022, 10:49

14-fevralda koronavirus aniqlanganlar soni 300 nafardan sal oshdi

Dushanba kuni O‘zbekistonda 302 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etgan (oldingi kun 322 ta holat). 57 kishi pnevmoniyaga chalingan (61 kishi). Yana 3 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi
14 fevral 2022, 10:23

Kovidning kunlik holati 322 tagacha kamaydi

Yakshanba kuni 322 kishining koronavirus infeksiyasiga topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu shanba kungi ko‘rsatkichga (439 ta) qaraganda 117 taga kam. Qolaversa, shu kuni koviddan 3 kishi vafot etdi, 61 kishida esa pnevmoniya aniqlandi.

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi
12 fevral 2022, 16:19

COVID-19: Kunlik holat 504 tagacha kamaydi

Juma kuni O‘zbekistonda 504 kishi topshirgan PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi — bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 121 taga kam. COVID-19 asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi. Qolaversa, shu kuni 89 kishida pnevmoniya aniqlandi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting