10 yanvar kuni koronavirus bo‘yicha kunlik kasallanishlar soni 425 taga yetdi, bu oldingi kunga nisbatan 36 taga ko‘p (389), deya хабарбермоқда SSV.

Shu bilan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni jami 201155 nafarga yetdi.

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi (223 nafari) Toshkent shahrida — koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.️

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, umumiy vafot etganlar soni 1501 nafarni tashkil qilmoqda.

Kasallikdan tuzalganlar esa jami 197 308 nafarga yetib, umumiy sog‘ayish ko‘rsatkichi 98%ga teng bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, kecha O‘zbekistonda 140 844 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llangan.