Koronavirus

Bir kunda 159 kishida koronavirus aniqlandi
2 dekabr 2022, 10:27

Bir kunda 159 kishida koronavirus aniqlandi

1 dekabr kuni O‘zbekistonda 159 kishida koronavirus aniqlandi (o‘tgan kuni 154 kishi kasallangandi). Kasallik eng ko‘p Toshkent shahri (64 nafar) va viloyatida (19 nafar) qayd etildi.

O‘zbekistonga yana 2,3 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi
2 dekabr 2022, 09:52

O‘zbekistonga yana 2,3 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi

O‘zbekiston bir hafta ichida Pfizer vaksinasining 3-partiyasini qabul qilib oldi. Juma kuni 2,3 mln doza vaksina keltirildi. Avvalroq, mazkur vaksinaning qariyb 143 ming hamda 550 ming dozasi yetib kelgandi.

Kunlik kovid statistikasi yana ortmoqda
1 dekabr 2022, 10:27

Kunlik kovid statistikasi yana ortmoqda

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 154 kishi (bir kun avval 141 kishi) koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Kovidga chalinganlarning kunlik statistikasi ortmoqda. Eng ko‘p kasallanish doimgidek poytaxtda kuzatilmoqda.

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi
29 noyabr 2022, 13:05

Ketma-ket o‘sishdan so‘ng koronavirus yuqtirganlar soni biroz kamaydi

O‘zbekistonda dushanba kuni 131 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani qayd etdi (bir kun avval 137 kishi). Kasallanishlarning aksariyati Toshkent shahrida ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining qo‘shimcha 550 mingga yaqin dozasi olib kelindi
28 noyabr 2022, 20:23

O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining qo‘shimcha 550 mingga yaqin dozasi olib kelindi

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 550 mingga yaqin dozasini qabul qilib oldi. Avvalroq qariyb 143 ming doza vaksina keltirilgan edi.

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 143 mingga yaqin dozasini qabul qildi
28 noyabr 2022, 16:20

O‘zbekiston Pfizer vaksinasining yana 143 mingga yaqin dozasini qabul qildi

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining qariyb 143 ming dozasi keltirildi. Dekabr oyida yana 3 mln doza vaksina kelishi kutilmoqda.

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi
28 noyabr 2022, 10:06

Bir kunda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 140 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning kunlik soni yana ortib, yakshanba kuni respublikada 137 kishida (bir kun avval 129 kishi) koronavirus aniqlandi. Kasallik yuqtirganlarning eng ko‘pi poytaxtda (81 kishi).

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni 100 nafardan oshdi
26 noyabr 2022, 11:40

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni 100 nafardan oshdi

Juma kuni 124 kishi koronavirusga chalingani qayd etildi, bunday holat oxirgi marta iyun oyida kuzatilgandi (133 kishi). Eng ko‘p virus yuqtirganlar Toshkent shahrida aniqlandi.

Payshanba kuni 95 kishining kovid yuqtirgani aniqlandi
25 noyabr 2022, 11:40

Payshanba kuni 95 kishining kovid yuqtirgani aniqlandi

24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 kishi (bir kun oldin 98 kishi) koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p kasallik Toshkent shahrida aniqlandi.

Bir haftada 2310 nafar shaxs karantinga olindi — Nurmat Otabekov
24 noyabr 2022, 10:39

Bir haftada 2310 nafar shaxs karantinga olindi — Nurmat Otabekov

So‘nggi 7 kunda 2310 kishi kovid yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlanib, karantinga olindi. Shifoxonalarda esa 539 nafar bemor davolanmoqda. «Hozirda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar kovid bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aniqlanmoqda», — dedi SES rahbari o‘rinbosari.

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni keskin oshdi
19 noyabr 2022, 11:36

O‘zbekistonda kovid yuqtirganlar soni keskin oshdi

Juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 92 ta holat qayd etildi, ushbu holatlarining 71 tasi Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan. Bir kun avval 69 kishining koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natijani bergandi.

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi yangi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi
8 noyabr 2022, 11:43

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi yangi vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi

O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi Omicron-Delta oqsil vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi vaksina koronavirusning delta va omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan. Ikki mamlakat COVID-19`ga qarshi «samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda».

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi
5 noyabr 2022, 10:01

O‘zbekistonga 583,2 ming doza Johnson & Johnson vaksinasi olib kelindi

O‘zbekiston koronavirusga qarshi Johnson & Johnson vaksinasining 583,2 ming dozadan iborat navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Yil yakuniga qadar mazkur vaksinadan 1 mlndan ortiq doza keltirilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi
29 oktabr 2022, 15:35

O‘zbekistonda kovid statistikasi yana ko‘tarila boshladi

O‘zbekistonda oktabr oyining o‘rtalarida ketma-ket 5 kun hech kimda koronavirus aniqlanmagandi. Biroq oy oxirlariga kelib, rasmiy statistikada jonlanish qayd etildi. Jumladan, 26 oktabrdan beri kunlik kovidga chalinganlar soni 20 nafardan oshib ketdi.

«Maqsadga erishganimiz yo‘q, lekin oxiri yaqin» — JSST pandemiyaning tugashi haqida
15 sentabr 2022, 11:01

«Maqsadga erishganimiz yo‘q, lekin oxiri yaqin» — JSST pandemiyaning tugashi haqida

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreisus o‘tgan haftada COVID-19 tufayli haftalik o‘limlar soni 2020 yil martidan beri eng past ko‘rsatkichga yetganini qayd etdi. U pandemiyaning tugashi yaqin ekanligiga ishontirgan holda, tibbiyot xodimlari va qariyalarni 100% emlashga chaqirdi.

Tojikistonda koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi
26 avgust 2022, 16:02

Tojikistonda koronavirus cheklovlari qayta joriy etildi

Tojikiston chegarasida koronavirus cheklovlari vaqtincha tiklandi. Mamlakatga kelganda, PZR test natijalarini yoki COVID-19 ga qarshi emlash sertifikatini taqdim etish kerak bo‘ladi.

Nurmat Otabekov «omikron» shtammining «kentavr» turi kirib kelishini istisno qilmadi
17 iyul 2022, 17:27

Nurmat Otabekov «omikron» shtammining «kentavr» turi kirib kelishini istisno qilmadi

SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonga koronavirus «omikron» shtammining yangi kichik turi kirib kelishi mumkinligini inkor etmadi. U kasallik omikronning boshqa kichik turlari bilan bir xil tarzda kechishi hamda mavjud vaksinalar kovidning barcha turlari asoratlaridan himoya qilishini ta’kidladi.

JSST barcha mamlakatlarga niqob rejimini qaytarishni tavsiya qiladi
14 iyul 2022, 07:04

JSST barcha mamlakatlarga niqob rejimini qaytarishni tavsiya qiladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha hukumatlarni koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishining oldini olish uchun harakat qilishga chaqirdi. Niqob rejimi, masofa saqlash, tez-tez qo‘l yuvish, ko‘pchilik yig‘ilgan joylar va havo yaxshi aylanmaydigan xonalardan qochish tavsiya etildi.

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish ikki hafta ichida 30 foizga oshdi — JSST
7 iyul 2022, 10:46

Dunyoda koronavirus bilan kasallanish ikki hafta ichida 30 foizga oshdi — JSST

JSST so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanish sezilarli darajada oshganini e’lon qildi. Asosan omikron shtammining mavjud kichik turlari tarqaldi, ammo yangilari ham aniqlangan. Tashkilot buster vaksinatsiyaning ahamiyatini eslatdi.

O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi
4 iyul 2022, 15:46

O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi

Dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga qariyb 2 mln doza Pfizer vaksinasi keltirildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting