Koronavirus

Emlash boshlanganidan beri qancha aholi qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilindi
7 noyabr 2021, 20:31

Emlash boshlanganidan beri qancha aholi qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi. Bundan tashqari, aholi «Sputnik V» (274 mingdan ortiq kishi), AstraZeneca (1,448 mln), Moderna (1,371 mln), Pfizer (1 mln) va Sinovac (1030 kishi) vaksinalari bilan turli bosqichlarda emlandi.

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi
4 noyabr 2021, 10:56

O‘zbekistonda 246 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi. Vaksinatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona, Namangan va Andijon hududularida.

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi
4 noyabr 2021, 10:14

AQSh O‘zbekistonni “COVID-19 ga chalinish xavfi noma’lum mamlakatlar” ro‘yxatida qoldirdi

AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining COVID-19 ga chalinish xavfi ko‘rsatkichlari ro‘yxatida O‘zbekiston “hozirgi vaziyat noma’lum bo‘lgan mamlakatlar” guruhida qolmoqda.

Dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi
1 noyabr 2021, 18:42

Dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi

1 noyabr holatiga ko‘ra dunyo miqyosida COVID-19 qurbonlari soni 5 milliondan oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 1950 yildan beri urushlarda halok bo‘lganlar soniga teng. COVID-19 testi o‘tkazish imkoniyatining cheklanganligi hamda odamlar uy sharoitida tibbiy yordamsiz halok bo‘layotgani sababli bu raqamlar haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkin.

Moliya vazirligi — parlament va prezident xarajatlarni tasdiqlaguncha COVID bilan kurashishga sarflangan pul haqida
29 oktabr 2021, 00:01

Moliya vazirligi — parlament va prezident xarajatlarni tasdiqlaguncha COVID bilan kurashishga sarflangan pul haqida

Senat koronavirusga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratishni ma’qulladi, biroq ushbu mablag‘ning 800 mlrd so‘mi allaqachon sarflab bo‘lingan. Bu senatorlar va prezident davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni tasdiqlaguncha sodir bo‘ldi. Mazkur holatni budjet qonunchiligi prezident va hukumat qarorlari doirasida jami budjet xarajatlarining ko‘pi bilan 3 foizidan foydalanishga imkon beradi, deya tushuntirdi Moliya vazirligi.

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi
28 oktabr 2021, 16:04

O‘zbekistonda 176 mingdan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlandi

O‘zbekistonda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 176 ming 791 nafar bola koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

COVID-19 va kambag‘allikka qarshi kurashish, Afg‘oniston, raqamli moliya: Mirziyoyev va Si Szinpin nima haqda suhbatlashdi?
27 oktabr 2021, 20:49

COVID-19 va kambag‘allikka qarshi kurashish, Afg‘oniston, raqamli moliya: Mirziyoyev va Si Szinpin nima haqda suhbatlashdi?

O‘zbekiston prezidenti va XXR raisi Si Szinpin telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyat, vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markaz qurish va boshqa masalalarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev koronavirusning kelib chiqishi haqidagi masalani siyosiylashtirishga qarshi chiqdi, deya xabar qildi «Sinxua».

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi
26 oktabr 2021, 13:42

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi
25 oktabr 2021, 14:56

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi

Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.

53 nafar saylovchida tana haroratining ko‘tarilishi aniqlandi
24 oktabr 2021, 22:48

53 nafar saylovchida tana haroratining ko‘tarilishi aniqlandi

Saylov uchastkalarida pirometriya davomida 53 kishida tana haroratining ko‘tarilishi aniqlandi, deya xabar qildi SES rahbari Bahodir Yusupaliyev. Ushbu saylovchilar alohida xonaga ajratildi, ularga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi va bir vaqtning o‘zida yashirin ovoz berishlari tashkil etildi.

«Yil oxirigacha 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanadi» — Behzod Musayev
22 oktabr 2021, 11:30

«Yil oxirigacha 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanadi» — Behzod Musayev

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 80 foiz aholi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qildi. U O‘zbekiston jahonda vaksinalash jarayoni bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakatlar orasida ekanligini ta’kidladi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktabr holatiga rejadagi aholi qismining 27,57 foizi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi
22 oktabr 2021, 10:43

Koronavirusdan vafot etganlar soni rasman 1300 ga yetdi

COVID-19 asoratlaridan vafot etganlarning rasman qayd etilgan soni 1300 ga yetdi, xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Chirchiqda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini ommaviy emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
21 oktabr 2021, 22:18

Chirchiqda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini ommaviy emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Chirchiq hokimi bir hafta ichida savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi (umumiy ovqatlanish, go‘zallik salonlari va boshqalar) xodimlarini ommaviy emlash uchun mobil guruhlarni tashkil etishga farmoyish berdi.

Dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan — JSST
21 oktabr 2021, 20:26

Dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari koronavirusdan vafot etgan — JSST

2021 yilning may oyiga qadar dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari COVID-19`dan vafot etishgan. JSST shifokorlarni korornavirusdan himoya qilish choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.

O‘zbekistonga 912 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi
21 oktabr 2021, 09:58

O‘zbekistonga 912 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi

21 oktabr kuni O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 912 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 34 mln dozadan oshdi.

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi
20 oktabr 2021, 17:42

Rossiyada 30 oktabr-7 noyabr kunlari ishlanmaydigan kunlar deb e’lon qilindi

Rossiyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani tufayli 30 oktabrdan 7 noyabrga qadar ishlaynmaydigan kunlar deb e’lon qilindi. Vaziyat «og‘ir» hududlarda ushbu muddat 23 oktabrdan boshlanishi mumkin.

O‘zbekistonga 864 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi
20 oktabr 2021, 11:14

O‘zbekistonga 864 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelindi

20 oktabr kuni O‘zbekistonga GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Mamlakatga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.

AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi
18 oktabr 2021, 15:04

AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi

AQSh hukumati O‘zbekistonga 526 500 doza Pfizer/BioNTech vaksinasini yetkazib berdi. Oy oxirigacha mamlakatga ushbu vaksinadan yana 274,5 ming doza olib kelinadi.

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi
16 oktabr 2021, 16:29

COVID-19ga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi

Parlament komissiyasi yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratilgani qayd etildi. 2021 yilda bu maqsadlar uchun davlat budjetida 3 trln so‘m zaxira shakllantirilgan edi, lekin ushbu mablag‘ sarflab bo‘lingan.

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan 1,2 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi SESga topshirildi
13 oktabr 2021, 11:45

Jurabek Laboratories ishlab chiqargan 1,2 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi SESga topshirildi

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi 1 mln 219 ming 510 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting