10 yanvar kuni O‘zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi COVAX platformasi orqali olib kelindi. Bu haqda UNICEF`ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinalar hisoblanadi.

Foto: UNICEF

Hozirda COVAX dasturi bo‘yicha yetkazilgan dozalarning umumiy soni 9,5 milliondan oshdi. COVAX — JSST, GAVI, CEPIvaccines va UNICEF`ni birlashtirgan global tashabbus hisoblanadi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49,5 mln dozadan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Emlash jarayonlarida 40 milliondan ortiq dozadan foydalanilgan.

O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar bo‘yicha statistika quyidagicha:

  • 2 404 480 doza — AstraZeneca;
  • 37 789 938 doza — ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 doza — «Sputnik V»;
  • 3 500 460 doza — Moderna;
  • 2 316 600 doza — Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 doza — Sinovac;
  • 207 500 doza — Sputnik Light.

Eslatib o‘tamiz, SSV 7 yanvar kuni O‘zbekistonga kirib kelgan chet el fuqarosida koronavirusning «omikron» shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. 9 yanvar holatiga COVID-19 bilan kasallanish holatlari rekord darajada qayd etilib (389 ta holat), umumiy kasallanishlar soni 200 mingdan oshdi.