dayjest

Jamoat transportidagi kamchiliklar uchun javobgarlik, xuddi uning yutuqlaridagi kabi, umumiy bo‘lishi lozim

Toshkent jamoat transportiga joziba qaytdi. Ammo u tirbandliklardan chiqib, ko‘pchilik tanloviga aylanishi uchun nafaqat TSHTX, balki hokimlik, YHXX va deputatlar tomonidan hali ko‘p ish qilish kerak. Sabina Bakayeva JT sohasidagi yutuq va kamchiliklar uchun javobgarlikning bo‘linishi haqida mulohaza yuritadi.


dayjest

“Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.


dayjest

Og‘riqli harflar. 30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti

O‘zbekiston, 30 yildirki, lotin yozuviga to‘liq o‘tolmaydi. Bir necha harfning yakuniy ko‘rinishi tasdiqlanishi bilan jarayon tugashi kutilyapti. Bu so‘nggi 85 yilda alifbo ko‘rinishining oltinchi o‘zgartirilishi bo‘ladi. “Gazeta.uz” muxbiri Jahongir Azimov cho‘zilib ketgan o‘tishning sabablari va oqibatlarini o‘rgandi.


dayjest

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda

Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik berish evaziga 90 ming dollar olgani va DXX xodimlari tomonidan ushlangani aytilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi piyoz hosiliga ta’sir qilishi mumkin — EastFruit

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.


dayjest

Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi

Salkam 2 yildan buyon Andijon viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Gulnora Abdullayeva lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Gulnora Ahmedova egalladi.


dayjest

AQSh Senati Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Ukraina, Tayvan va Isroilga 95 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat endi respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Palata spikeri Mayk Jonson allaqachon loyihani ovozga qo‘ymasligini aytib ulgurdi.


dayjest

Har beshinchi ko‘chib yuruvchi jonzot turi yo‘qolish xavfi ostida — BMT

Hayvonlar migratsiyasi sayyoradagi eng murakkab ekotizimlarni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi, ammo odamlar va iqlim o‘zgarishi tufayli har beshinchi ko‘chib yuruvchi tur yo‘qolib ketish xavfi ostida, deyiladi BMT hisobotida.


dayjest

Toshkentda aholi uchun issiqlik tariflarini oshirish taklif qilinmoqda

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi kengashga Toshkent shahri aholisi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tarifini 15 foizga oshirishni taklif qildi. Korxona rahbarining aytishicha, hozirda shahar aholisi bazaviy tarifning atigi 14 foizini to‘laydi, qolgani esa shahar budjetidan subsidiya shaklida qoplanadi.


dayjest

Deputatlar yo‘l harakati bilan bog‘liq yana bir qonun loyihasini qabul qilmadi

Deputatlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelli transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, uy hayvonlarini yo‘l mintaqasida qarovsiz qoldirganlik va chapga burilish yoki qayrilib olish qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishmadi. Qonun muhokamasi tafsiloti.


dayjest

Foto: Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasi uchun 73 turbina o‘rnatildi

Buxoro viloyatida qurilayotgan 2 ta shamol elektr stansiyasiga 73 turbina o‘rnatib bo‘lindi. Ularning balandligi 100 m, parraklarining har biri 84 metr. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi loyiha doirasida yana 85 ta turbina o‘rnatadi. Energetika vazirligi turbinalarning suratlarini taqdim qildi.


dayjest

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi chegara posti ochiladi

O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yangi chegara bojxona postlari qurilmoqda. Ular 2024-yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan.


dayjest

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish markazi rahbari lavozimidan ketdi

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimga o‘tgan yilning iyun oyida tayinlangandi. Markaz aprel oyida tashkil etilgan.


dayjest

Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv ta’minoti xizmatlari tarifi joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshirilishini ma’lum qildi. Narxlar 15 foizga oshirilishi kutilmoqda.


dayjest

Uchqo‘rg‘on va Oltinko‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Otavullaxon Rasulov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga, Muhammad Haydarov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.


dayjest

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Yerdan paxta hosili uchun foydalanadigan klasterlarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi. Hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshsa, 2025-yilda pulning qolgan 30 foizi beriladi. Bu haqda prezident qarori chiqdi.


dayjest

Jamshid Bozorboyev Xo‘jaobod tumani hokimi bo‘ldi

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Jamshid Bozorboyev hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi tufayli mijozga hisobvaraq ochishni rad etish huquqi berilishi mumkin

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, mijozlarga hisobvaraqlar ochish va operatsiyani amalga oshirishni rad etish huquqi berilmoqda.


dayjest

Rossiya keyinchalik frontga jo‘natish uchun mehnat migrantlarini Ukrainaga jalb qilmoqda — Bloomberg

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi qurilish ishlari uchun qo‘shni davlatlardan minglab mehnat migrantlarini yollamoqda, ammo ularning ba’zilari xandaq qazish va frontda jang qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi Bloomberg. O‘z mamlakatida esa ular yollanganlik uchun qamalishi xavfi mavjud.


dayjest

Markaziy Osiyoda hayvondan odamga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirish loyihasi ishga tushirildi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Samarqanddagi anjumanda Markaziy Osiyoda hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda yagona salomatlik” tashabbusini ilgari surdi. Loyiha qiymati 11 million yevroni tashkil etadi.


dayjest

O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi

Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.


dayjest

Toshkentda 2024-yilda kamida 4 ta ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi. Ko‘cha “parkovkalari” tashkil etish ham rejada bor

2024-yilda Toshkentda har biri 729 o‘rinli kamida 4 ta yetti qavatli avtoturargoh quriladi. Joy narxini avtomobilning zararli chiqindilari darajasidan kelib chiqib aniqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yildan beri muhokama qilinayotgan pullik to‘xtash joylari qurishni boshlash ham kutilmoqda.