Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan bog‘laydigan “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti qurilmoqda, deya xabar berdi O‘zA.

Post “Uchqo‘rg‘on-Madaniyat” yo‘lining 10-kilometrida “Bo‘ston” mahallasida joylashgan. Jalolobod viloyati (Qirg‘iziston) Navkent tumani “Qiziltuu” qishlog‘ida joylashgan “Kengsay” bojxona postida ham shunday ishlar olib borilmoqda.

“Uchurgon” va “Kengsay” chegara bojxona postlarini 2024-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.