Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Ma’rufjanovna Abdullayeva lavozimidan ozod etildi.

анdижон viloyati, гулнора абdуллаеva

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bunga uning boshqa lavozimga o‘tayotgani sabab bo‘lgan.

Abdullayeva Izboskan tumanida tug‘ilgan, 1989-yilda Toshkent davlat universitetini, 2008-yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

2022-yil martida hokim o‘rinbosari etib tayinlangan, ungacha esa viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu bilan bir paytda, bo‘shagan lavozimga Gulnora Mahmudovna Ahmedova tayinlandi.

анdижон viloyati, гулнора абdуллаеva

Ahmedova 1974-yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida umumta’lim maktablari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktori lavozimlarida, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.