14-fevral kuni Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga Rasulov Otavulloxon Abdulaxadovich tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

олтинкўл, тайинлов, tuman hokimi, учқўрғон
Otavullaxon Rasulov.
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Otavullaxon Rasulov 1987-yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, shuningdek, Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida tuman hamda viloyat moliya tizimlarida mutaxassis, rahbar, shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz,6-fevral kuni Ergashali Abdujalilov Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

олтинкўл, тайинлов, tuman hokimi, учқўрғон
Muhammad Haydarov.
Foto: Namangan viloyati hokimligi.

Shuningdek, xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Haydarov Muhammad Abduhakimovich tuman hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Namangan viloyati hokimligi.

Muhammad Haydarov bunga qadar Namangan tumanidagi “Olaxamak” mahallasida hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.