Iqtisodiyot

dayjest

Iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi

Xalqaro standartlar bo‘yicha 2015−2022-yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 barobar — 17 foizgacha kamaydi. JBga ko‘ra, o‘sayotgan iqtisodiy tengsizlik kambag‘allikni qisqartirish tempini sekinlashtirdi. Eng boy fuqarolar daromadi aholining eng kambag‘al qatlaminikiga qaraganda 5 barobar tezroq o‘sdi.


dayjest

OTB 2025−2027-yillarda O‘zbekistonda 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Hamkorlik energetika, transport, suv ta’minoti, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, davlat boshqaruvi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi.


dayjest

Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM

Aprel oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Martda o‘rtacha narx atigi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, aprelda ko‘rsatkich mos ravishda 1,1 foizga oshdi. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13 foizga ko‘tarildi.


dayjest

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 8 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmini 2024-yilda 8 mln tonnaga, 2025-yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatkich 2016-yilda 4 mln tonnadan kam, 2023-yilda esa 6,5 mln tonna bo‘lgan. Avvalroq prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi.


dayjest

O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi

O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, — dedi prezident.


Jamiyat

dayjest

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.


dayjest

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.


dayjest

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

Toshkentda fuqaroning bank kartasidan 11,7 mln so‘m pul o‘g‘irlandi. Aniqlanishicha, bu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgan. U boshqalarga Telegram orqali turli havolalar jo‘natib, ularning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pul yechish bilan shug‘ullanib kelgan.


dayjest

Hafta o‘rtalarida havo 33−36 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida havo harorati ko‘tarilib, 33−36 darajagacha, janubiy va cho‘l hududalardagi ayrim joylarda 38 darajagacha issiq bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat 25−30 darajagacha pasayadi.


dayjest

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks"dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks"dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.


dayjest

Xorazmda 72 yoshli erkak xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotini bilan uni sehr-jodu qilganlikda ayblab, janjallashgan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan xotiniga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.


dayjest

2024-yilning ilk 3 oyida O‘zbekistonga 1,5 mln sayyoh keldi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1 mln 519,3 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,1 foizga yuqori. Keluvchilarning eng ko‘pi Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolaridir.


dayjest

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.


dayjest

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi

Yil boshidan buyon Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 13,3 mingdan ortiq mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan. Asosan maktab va bog‘chalarda huquqbuzarliklar soni ortgan. Qariyb 2700 nafar mansabdor shaxs jarimaga tortilgan, shundan 166 ta ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


dayjest

Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni bo‘ladi

1−2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 2, 10, 21 va 50 kilometrni tashkil qiladi.


dayjest

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi.


dayjest

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.


dayjest

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

14-may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi sabab Toshkent shahridagi 3-sonli qabriston tomon 2 ta bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu uchun 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi, ular 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi — 5 ming so‘m.


Sport

dayjest

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning “Katta dubulg‘a"dagi oltini jamoa uchun yagona medal bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Ostonada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga ega chiqdi. U o‘z vazni doirasidagi sportchilarning dunyo reytingida 18-o‘rinda bormoqda.


Jahon

dayjest

Sergey Shoygu Rossiya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi

Sergey Shoygu 2012-yildan beri ishlab kelayotgan mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Putin, shuningdek, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Andrey Belousovni yangi mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif etdi.


dayjest

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ

O‘tgan oyda Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan raketalarning atigi 30 foizini urib tushirdi, deb yozdi The Wall Street Journal. Ko‘rsatkich so‘nggi yarim yilda 46 foiz, undan avvalgi mos davrda 73 foiz bo‘lgan. Nashr mamlakatda Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugayotganini qayd etdi.


dayjest

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jarayon ikki oy davom etdi hamda mamlakat ichida va xorijda keng rezonansga sabab bo‘ldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!