Joriy yilda O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Bular:
- Samarqand — Bishkek;
- Buxoro — Bishkek;
- Buxoro — Ostona;
- Samarqand — Turkiston;
- Buxoro — Turkiston;
- Shahrisabz — Turkiston;
- Samarqand — Dushanbe;
- Buxoro — Dushanbe;
- Toshkent — Ufa;
- Toshkent — Krasnodar.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023-yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.