dayjest

Toshkent hokimiyati shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilash rejasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi

Toshkent hokimligi xorijlik ekspertlar ishtirokida shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Ba’zi choralar “keskin” bo‘lishi va ular tadqiqot hamda tahlillarga asoslangan bo‘lishi kerakligi aytildi. Hokimlik tez orada jamoatchilikka taqdimot berilishini qayd etdi.


dayjest

Toshkent havosi yana “zararli” darajani ko‘rsatdi

O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.


dayjest

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi bo‘ldi

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasiga Qahramon Quronboyev rais etib saylandi. Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, uyushma raisiga o‘rinbosarlar ham saylandi.


dayjest

Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.


dayjest

“Paxtakor” futbol klubi sotuvga qo‘yildi

Davaktiv “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini ma’lum qildi. Klubning yangi egasi akademiya va klub faoliyatini davom ettirishi, klub balansidagi barcha sport obyektlaridan, jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanishi kerak bo‘ladi.


dayjest

“KRU „dejurniy“ kamchiliklarni aniqlaydigan idoraga aylanib qolgan” — prezident

Prezident bog‘chalarni tekshirishda “dejurniy kamchiliklar"ni aniqlaydigan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (KRU) faoliyatini “mutlaqo qoniqarsiz” deb atadi. “259 ta bog‘chada aniqlangan 10 mlrd so‘mlik kamchilik aslida 100 mlrd so‘mlik bo‘lgan”. Davlat rahbari tizimda korrupsiya yuqoriligini ta’kidladi.


dayjest

“Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti” — prezident

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat budjetiga 30 trln so‘m, yalpi ichki mahsulotga 135 trln so‘m zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41 foiz) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida ko‘rsatgan. “Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti”, — dedi prezident.


dayjest

Endi fuqarolar mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi

O‘zbekistonda endi fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi.


dayjest

Toshkent aeroportiga Fly Khiva`ning birinchi samolyoti keltirildi

2021-yilda tashkil topgan Fly Khiva aviakompaniyasi Toshkent aeroportiga birinchi Boeing 767−304 yuk samolyotini qabul qilib oldi. Kompaniya Dubay, Istanbul, Dehli va Gonkongga yuk reyslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.


dayjest

Dunyo bo‘ylab tamaki iste’molchilari soni kamaymoqda — JSST

JSST tamaki iste’molining global pasayishini qayd etdi. Tashkilotga ko‘ra, chekuvchilar soni 1,25 mlrd kishigacha kamaydi, bu kattalarning har besh nafaridan biriga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda tamaki iste’molchilari soni, ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 3,83 mln kishini tashkil etadi.


dayjest

Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylar taklif etildi

Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.


dayjest

Qirg‘izistonda xavfsizlik kuchlari mustaqil jurnalistlarni tintuv va so‘roq qilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

Qirg‘iziston militsiyasi Temirov Live va “Ayt Ayt Dese” mustaqil loyihalar jurnalistlarining ustidan tintuv o‘tkazdi va bir necha kishini so‘roqqa olib ketdi. Bundan tashqari, 24.kg agentligi tahririyatiga ham xavfsizlik kuchlari kelgan. “Gazeta.uz” vaziyatga aloqador ma’lumotlarni taqdim etadi.


dayjest

Nuz.uz jurnalistini ushlagan shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Bosh prokuratura Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovni ushlab, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.


dayjest

“Gap butun millat salomatligi haqida ketyapti”. Deputatlar Toshkent havosi ifloslanishi yuzasidan ekologiya vazirining axborotini eshitadi

Deputatlar mamlakat va Toshkent havosining ifloslanishi haqidagi savollarga javob berishi uchun ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovni parlamentga taklif qiladi. Bu mavzu ekologiyadan butun xalqning xavfsizligi va salomatligi bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan darajaga ko‘tarildi, dedi deputat.


dayjest

Toshkentda ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteyner yonib ketdi

Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.


dayjest

“Bu — korrupsiyaga asos”. Prezident O‘zbekiston tumanlarining master-rejalari yo‘qligi haqida gapirdi

Prezident bosh vazir o‘rinbosariga yil oxirigacha 70 ta, 2025-yilda esa O‘zbekistonning barcha tumanlari bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, u ba’zi hokimlar paxta maydonlarini elektron platformaga integratsiya qilish to‘g‘risidagi farmoniga zid ish tutayotganini aytdi.


dayjest

Xitoy aholisi ketma-ket ikkinchi yil qisqarishda davom etmoqda

Xitoy aholisi COVID-19 sababli ortgan o‘lim darajasi va past tug‘ilish ko‘rsatkichi fonida ketma-ket ikkinchi yil qisqarmoqda. Rasmiylar bu kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishidan xavfsiramoqda, ammo hozircha yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli mablag‘ yo‘q.