14-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari quyidagicha taqdirlandi:

  • bosh milliy mukofot uchun — Tracker avtomobili;
  • birinchi o‘rin uchun — BHMning 200 baravari (68 mln so‘m);
  • ikkinchi o‘rin uchun — BHMning 175 baravari (59,5 mln so‘m);
  • uchinchi o‘rin uchun — BHMning 150 baravari (51 mln so‘m);
  • 12 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun — BHMning 100 baravari (34 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati

Xalqaro tanlovning bosh milliy mukofoti g‘olibi:

“UzReport TV” telekanali jamoasi. Telekanal bosh muharriri: Saidolimxon Turdiboyev (Sovg‘a — Tracker avtomobili).

Internet jurnalistikasi yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari Avalboyev Ikrom Xolyigitovich;
  • 2-o‘rin: “Kun.uz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shokirjonov Shuxrat Shokirjonovich;
  • 3-o‘rin: “Dunyo” AA tahririyat xizmati boshlig‘i Saidaliyeva Nargis Anvarovna.

Radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: “Mahalla” radiokanali “Ma’naviy-ma’rifiy, ko‘ngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining bo‘lim mudiri G‘afforova Umida Abdusalom qizi;
  • 2-o‘rin: “Qoraqalpog‘iston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Jumagaliyeva Qundыz Yaqыpbay qizi;
  • 3-o‘rin: “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Umrzoqova Shoira Abdurazzoqovna.

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot tahliliy dasturi muxbiri Go‘ro‘g‘liyev Elyor Ro‘ziqulovich;
  • 2-o‘rin: “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Aliyev Anvarjon Orifjonovich;
  • 3-o‘rin: “Renessans TV” telekanali bosh muharriri Abduraxmonov Jasurbek Qosimjon o‘g‘li (Jasur Rahmon).

Bosma OAV yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:

  • 1-o‘rin: “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri Butayev Shoyim Primkulovich;
  • 2-o‘rin: “Narodnoye slovo” gazetasi mas’ul kotibi Usmanov Nurlan Oktamovich;
  • 3-o‘rin: “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Jalilov Norkobil Kodirovich (Norqobil Jalil).

“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:

“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari muxbiri Kadыsheva Oksana Igorevna.

“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” g‘olib:

“Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri Durdiyeva Gulchexra Sattarovna.

“Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog‘liq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun” g‘olib:

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati ijodiy jamoasi. Bosh muharrir: Erkin Ernazarov.

“Vatan tarixiga bag‘ishlangan eng yaxshi ko‘rsatuvlar uchun” g‘olib:

“O‘zbekiston tarixi” telekanali katta muharriri Kasimova Dilbar Turayevna (Dilbar Qosimova).

“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi g‘olibi:

“O‘zbekiston” teleradiokanali katta muharriri Mansurova Surayyo Fayzulloyevna.

“2022-yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

“Tarixiy xotira beqiyos” publitsistik kitobi. (Sultonov Oybek Sultonboyevich).

“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

“Hurriyat” gazetasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha muxbiri Amanqulov Safar (Safar Omon).

“Milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

“Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati jamoasi. Bosh muharrir: Said Donishev.

“Davlat tilini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.

“Ma’naviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ulari targ‘ib etilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Komilova Shohsanam Murodilla qizi.

“Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

“Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi. Gazeta bosh muharriri: Hamza Abdullayev

“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Alimbayev Muhiddin Nuritdinovich.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari

“Yashil iqtisodiyotga o‘tishni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ko‘rsatuv uchun” nominatsiyasi g‘olibi:

Xalqaro press-klub muxbiri Pirboyev Umed Murod o‘g‘li.

“Jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi eng yaxshi maqola uchun” g‘olib:

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati. Axborot xizmati boshlig‘i: Tulyaganov Bobir Batirovich.

Xalqaro hamkorlar ta’sis etgan nominatsiyalar g‘oliblari:

  • Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyalari: “Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” Xitoyning “CGTN” (Russkiy) va Ozarbayjonning “CBC” telekanallarining O‘zbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva.
  • “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” “O‘zbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojonov.
  • Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi nominatsiyasi: “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.

“Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:

  • 1-o‘rin — Tojikiston maorif vazirligining O‘zbek tili hay’ati rahbari, Tojikistonda o‘zbek tilida chop etiladigan “Ustoz”, “O‘quvchilar”, “Sirdosh” gazetalari va “Kichkintoy” jurnali rahbari Sulaymon Ermatov;
  • 2-o‘rin — “TASS” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov (Rossiya Federatsiyasi);
  • 2-o‘rin — “The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuri (Hindiston);
  • 2-o‘rin — “The Hill” gazetasining jamoatchi muxbiri Jeyms Durso (AQSh);
  • 2-o‘rin — “Euronews” telekanali muxbiri Galina Polonskaya (Fransiya).