Chorshanba kuni ertalab Toshkent havosining ifloslanishi yana “zararli” darajaga yetdi. Soat 9:00 da shahar havosidagi mayda РМ2,5 zarrachalarining miqdori o‘rtacha 119 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan 23,8 baravar (5 mkg/m3) yuqori, deb xabar qildi O‘zgidromet.

O‘zgidromet hududida joylashgan havo sifatini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlari, Yunusobod tumani.O‘zgidromet hududida joylashgan havo sifatini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlari, Yunusobod tumani.

Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonidagi stansiya ma’lumotlari.Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonidagi stansiya ma’lumotlari.

Kecha kechki paytda (soat 20:00 da) RM2,5 ko‘rsatkichi 51 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 10,2 baravar yuqori edi.

Ertalab havodagi РМ10 zarralari (127 mkg/m3) va uglerod oksidi (2,7 mg/m3) miqdori sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq ruxsat etilgan maksimaldan oshmadi.

IQAir xalqaro xizmati reytingida Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 8-o‘rinni egalladi.

havo sifati, toshkent

Tahririyatdan: Rasmiylar sukut saqlashda davom etmoqda

O‘zbekiston rasmiylari yaqinda — jurnalistlar va jamoatchilikning bir necha bor so‘rovlaridan so‘ng — havo sifati bilan bog‘liq muammo borligini rasman tan oldi va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni (ulardan ba’zilari aholi bilan muhokama qilinishi kerak) sanab o‘tdi.

Biroq ifloslangan havo sharoitida qanday yo‘l tutish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qilish va bu bilan aholini muntazam ravishda xabardor etish (ob-havo hodisalari to‘g‘risida ogohlantirishlarda bo‘lgani kabi) hali yo‘lga qo‘yilmadi.

Toshkent sharoitida РМ2,5 bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich nimani anglatishi, havoni aynan qanday manbalar ifloslantirayotgani va havo toza bo‘lishi uchun qanday choralar ko‘rila boshlangani haqida hech qanday izoh yo‘q.

IQAir sayti, agar havo zararli bo‘lsa, ochiq havodagi mashg‘ulotlardan tiyilish, tibbiy niqob kiyish, ichkaridagi oynalarni yopish va havo tozalagichdan foydalanishni tavsiya qiladi.