Siyosat
Samarqandda Osiyo xotin-qizlari forumining ilk kuni qanday o‘tdi? — fotoreportaj
13−14-may kunlari Samarqandda o‘tayotgan Osiyo xotin-qizlari forumiga 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, jumladan, BMT bosh kotibi o‘rinbosari keldi. Senat raisi Tanzila Narbayeva prezidentning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. “Gazeta.uz” jarayonning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.
O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, Shavkat Mirziyoyev va mamlakatga tashrif buyurgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilot ijrochi direktori Sima Sami Baxus tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Iqtisodiyot
SQ: Soliq xizmati xodimlari ma’lum bir nazorat kassa mashinasidan foydalanishni talab qilishga haqli emas
Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik tadbirkorlardan soliq idoralari xodimlari ma’lum turdagi nazorat-kassa mashinasidan foydalanishni talab qilayotgani va tekshiruv bilan tahdid qilinayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasining ta’kidlashicha, tadbirkorlar NKM modelini o‘zlari tanlashlari mumkin.
“Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas”. Davaktiv rahbari — anonslarsiz xususiylashtirishlar haqida
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov davlatga tegishli bo‘lgan mulklar yopiq qarorlar asosida xususiylashtirilayotgani haqidagi fikrlarga javob qaytardi. “Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. Hammasining huquqiy asosi bor”, — dedi u.
O‘zbekistonda avtomobillar savdosi ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda
O‘zbekistonda avtomobillar savdosi hajmi ketma-ket uchinchi oyda pasaymoqda, aprel oyida u 19 foizga kamaydi. Pasayish birlamchi bozorda ham, ikkilamchi bozorda ham kuzatilmoqda. Elektromobillar savdosi qisqa turg‘unlikdan so‘ng yana o‘sishni boshladi.
Humo to‘lov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi
“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Avvalroq undagi davlat ulushi sotuvga chiqarilishi xabar qilingandi. To‘lov tizimining sof foydasi 2023-yilda salkam 2 baravar, 2024-yil birinchi chorakda esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88 foizga oshgan.
To‘qimachilik, poyabzal va elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilishda minimal eksport narxlari joriy etiladi
O‘zbekistonda to‘qimachilik, charm-poyabzal mahsulotlari va elektr jihozlari, shuningdek, meva-sabzavotlarga minimal eksport narxlari joriy etilmoqda. Minimal narxlar rejimi buzilgan taqdirda, Soliq qo‘mitasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga bildirishnoma yuboriladi.
O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar hajmi pasayishda davom etmoqda
Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash hajmi 2,7 foizga kamayib, 5,82 milliard dollarni tashkil qildi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mart oyidagiga nisbatan 6,8 foizga pasaygan.
IFC Markaziy Osiyo startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi Sturgeon Capital fondiga 5 mln dollar investitsiya kiritadi
Xalqaro moliya korporatsiyasi Sturgeon Capital nomli yangi fondga 5 million dollar ajratadi. Investitsiyalar Markaziy Osiyodagi texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Jamiyat
Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq"ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq"ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi"ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi.
Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi
Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.
Endi transport kartalari UzPost aloqa bo‘limlaridan sotib olinadi
15-maydan Toshkent shahrida transport kartalari sotuvchi shoxobchalar faoliyati tugatiladi. Yo‘lovchilar ATTO transport kartalarini UzPost aloqa bo‘limlaridan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.
Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarildi
Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqdi.
Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yakkasaroy tumanida Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.
Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi
To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.
Dubayda ikki o‘zbekistonlik yo‘lovchi ayol samolyotda janjallashdi
Dubay aeroportida noqulay ob-havo tufayli reys kechikkach, o‘zbekistonlik ayol janjal ko‘tardi. U bortdagi boshqa bir ayol bilan ham janjallashdi. Oqibatda parvoz yana kechikdi, boshqa qatnovlar vaqti ham o‘zgardi va ayollar reysdan qoldirildi. Uzbekistan Airways ko‘rgan 5037 dollar zarar ulardan undirib olindi.
“Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar 15-maydan ishga tushadi
15-maydan boshlab mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralari ishga tushadi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi.
Nukusdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida talon-torojliklar va o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
Nukus shahridagi ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida binoni qayta qurish va jihozlashga ajratilgan pullarning 530,4 mln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, Brayl printerlari va ovoz yozish studiyasiga ajratilgan 140 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda Damas piyodalar o‘tish joyida 11 yoshli qizni urib ketdi
Pastdarg‘om tumanida Damas piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yubordi. Qiz tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Jahon
Mumbayda reklama banneri qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi.
Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi
Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini yakuniy o‘qishda ma’qulladi. Hujjatga qarshi ommaviy noroziliklar qariyb bir oy davom etdi. G‘arb davlatlari ham rasmiylarni tanqid qildi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!