2020 yil dunyo guyo tarixiy qo‘llanmalarda yashab o‘tgandek: pandemiya millionlab insonlarni olib ketdi, lokdaun qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqishga undadi, 2021 yilning oxirida O‘zbekiston poytaxti va boshqa hududlarini chang bo‘roni qamrab oldi, bu esa ekologik vaziyatdan tashvishlarimizni yanada orttirdi. Markaziy Osiyo uchun ortda qolgan yil Qozog‘istondagi yanvar voqealari va mintaqaning yirik energo tizimidagi avariya bilan yodda qoldi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng, u yerdan boshqa mamlakatlar fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlandi, keyin ruslarni mintaqa davlatlariga ko‘chib o‘tishlari kuzatildi. 2022 yilning yoz oylari esa Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealar, yil yakuni esa — qayta takrorlangan energiya inqirozi bilan xotiralarimizda iz qoldirdi. “Gazeta.uz"da e’lon qilingan yilning eng muhim voqealari — suratlarda.

26 yanvardagi blekaut O‘zbekiston uchun yil boshida eng muhim voqea bo‘ldi. Mamlakat energetika tizimidagi avariya Janubiy Qozog‘istonning qisman energiyasizlanishiga, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda elektr energiyasining to‘liq uzilishiga olib keldi. Energiya ta’minoti to‘liq tiklanishi uchun Qozog‘istonga — to‘rt soat, Qirg‘izistonga — bir sutkadan ko‘proq, O‘zbekistonga esa — to‘rt sutkadan ko‘proq vaqt talab etildi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 3 qavatli “Ziteriya” davolash-diagnostika markazida gaz portlashi yuz berdi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, voqeada 1 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohat oldi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

Toshkentliklar uchun 2022 yil ko‘chalar va chorrahalarni keng miqyosda rekonstruksiya qilish bilan esda qoldi. Shahar ma’murlari tirbandliklar muammosini hal etish uchun yil davomida 140 ta chorrahani qayta tashkil etmoqchi edi, biroq bu raqamga erishilmadi. Jamoatchilik vakillarining e’tirozlaridan so‘ng Navoiy ko‘chasi (suratda) rekonstruksiyasi ham qayta ko‘rib chiqildi. Unga rossiyalik mutaxassislar — taniqli urbanist Arkadiy Gershman va transport injereni Aleksandir Devyatkin jalb etildi. Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, rekonstruksiya qilingan chorrahalarda YTHlar sodir bo‘lmadi. Lekin shahar — ko‘chalar markazida avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etish va tezlikni keskin pasaytirish kabi — jiddiyroq choralarni qabul qilolmadi. Faqatgina yil oxiriga kelib, prezident topshirig‘idan so‘ng poytaxt ko‘chalarida avtobuslar uchun alohida yo‘laklar ajratila boshladi. Ular qanday ishlashini esa albatta, vaqt ko‘rsatadi.

Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urush boshlangach, ushbu mamlakatda istiqomat qiluvchi ko‘plab o‘zbekistonliklar hukumat tashkil qilgan evakuatsiyaviy reyslar yordamida vatanga qaytarildi. Birinchi reys Toshkentga 1 mart kuni qo‘ndi. Jami evakuatsiya qilinganlar 6030 nafarni tashkil etdi.

20 apreldagi kuchli yog‘ingarchiliklar Jizzax va Samarqand viloyatlarida sel va suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Jizzaxda ikki soat ichida yillik yog‘ingarchilik miqdorining 10 foizi yog‘ib o‘tdi, buning oqibatida yuzaga kelgan sel Egizbuloqda 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 50 dan ortiq uylar buzilib ketdi. Yana 200 ta atrofida uyga zarar yetdi. O‘shanda “Gazeta.uz” voqea joyidan fotoreportajlarni (1, 2, 3, 4) e’lon qilgandi

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha loyihada Qoraqalpog‘istonning suveren maqomini o‘zgartirish taklifi Nukusda 1−2 iyul fojiaviy voqealariga sabab bo‘ldi. Aholining ko‘plab murojaatlariga hukumatning javob bermagani internet o‘chirib qo‘yilishi fonida respublikadagi vaziyatni yanada taranglashtirdi. 10 minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Voqealar ishtirokchilarini tarqatish uchun maxsus vositalar — ko‘zni achishtiruvchi va tutunli granata, rezina o‘qlar qo‘llanildi. Odamlar yaqinida portlagan granatalar jarohatlar va o‘lim bilan bog‘liq holatlarga olib keldi. Jangovar o‘q dorilardan ham foydalangan holatlar kuzatildi. Tergov ishlari hamon davom etmoqda.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

O‘zbekiston tarixda ilk bor Hindistonda o‘tgan shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Erkaklar jamoasi turnir davomida biror marta mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib qoldi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Umra amallarini bajardi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

“Zangiota-2” ixtisoslashtirilgan shifoxonasi negizida birinchi Taskin bolalar xospisi ochildi. Muassasada bedavo kasallikka chalingan bemorlarga bepul palliativ yordam ko‘rsatiladi.

sentabr oyida Toshkentda 5 yillik rekonstruksiyadan so‘ng sobiq O‘zbekiston Milliy bog‘i ochildi. Bog‘da ko‘plab daraxtlarga shikast yetkazilgani va kallaklab tashlangani, sobiq “Komsomol ko‘li” esa kichkinaroq shaklga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

14−17 sentabr kunlari Samarqand Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga mezbonlik qildi. Uning arafasida bir necha yil shahar rekonstruksiya qilindi, yangi aeroport va Samarqand viloyatida “Boqiy shahar” bunyod etildi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

Toshkent va bir qator hududlar kengashlari deputatlari ruxsat etilgan transport harakati tezligini 70 km/soatdan 60 km/soatgacha, ayrim ko‘chalarda esa — 50 km/soatgacha kamaytirishni ma’qulladi. Biroq avvaliga deputatlar tezlikni pasaytirish nima uchun kerakligini tushunishmagandi. Tanqidlardan keyin esa qabul qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramasdan tezlikni pasaytirish to‘g‘risidagi qaror hanuz kuchga kirmadi, uni bosh vazir boshchiligidagi respublika komissiyasi tasdiqlashi kutilmoqda.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

18 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi taqdim etildi. Loyihada poytaxtning sharqida Chirchiq va Qorasuv daryolari orasida qurilishi rejalashtirilgan “Yangi Toshkent” shahri konsepsiyasi ham aks etgandi. Biz loyihaning batafsil tahlilini e’lon qilgandik.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

oktabr oxirlarida Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismning qurol-yarog‘ omborida portlash yuz berdi. O‘nlab insonlar jarohat oldi, 3742 ta uy va noturar binolarga zarar yetdi. Hokimiyat aholiga binolarni ta’mirlash va yangi oynalar o‘rnatishdi ko‘maklashdi.

Noyabr oyida Parijning Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ham ishtirok etdi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

Joriy yilning sentabrida Moskvadan Toshkentga ko‘chib kelgan Dominik Majintas va Yevgeniya Ribakova Chorsu bozorida to‘y fotosessiyasini o‘tkazishdi. Ularning suratlari tarmoqlarda juda mashhur bo‘ldi. Ular “Gazeta.uz"ga bu g‘oya qanday tug‘ilgani haqida so‘zlab berishdi.

Noyabr oxirlarida Buxoroda Nukusdagi iyul voqealari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish jarayonlari boshlandi. Sudlanuvchilar o‘rindig‘idan — 22 kishi, shu jumladan, jurnalist va blogerlar, o‘qituvchi, ishsiz fuqaro, sportchi va Qoraqalpog‘iston IIV xodimi joy olgan.

O‘zbekistonda dekabr oyi boshidagi muhokamalarga sabab bo‘lgan asosiy mavzu — energetika inqirozi bo‘ldi. Ob-havo keskin tushib ketishi ortidan gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ortishi butun mamlakat bo‘ylab energiya uzilishlariga olib keldi. Gaz “zapravka"lar faoliyati cheklandi. Kunlar isishi bilan ushbu vaziyat yaxshilana boshladi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

Energo inqiroz fonida hukumat Toshkentning jamoat transporti muammosiga e’tibor qaratdi. Muammoni hal etish uchun prezident kuch ishlatar tuzilmalar — IIV, FVV va Milliy gvardiyani jalb qilishni topshirdi.

2022 yil, eng muhim voqealar, foto, o‘zbekiston

Dunyo O‘lmasova (25.10.2019 — 25.10.2022), Muhammadjon Tursunqulov (10.02.2021 — 06.12.2022), E’zoza (27.06.2020 — 28.11.2022). Foto: “Xabar.uz”.

Dekabrning eng fojiali voqeasi, albatta, Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan va “QURAMAX MEDIKAL” MCHJ tomonidan O‘zbekistonga olib kirilgan shamollashga qarshi dori vositalari, jumladan “Dok-1 Maks” siropidan 18 kishi vafot etdi.

Hukumat zudlik bilan tekshiruv o‘tkazib, “Dok-1 Maks” tarkibida zaharli modda — etilenglikol borligini aniqladi, biroq nima uchun dori vositasi mamlakatga olib kirilishidan oldin tekshirilmaganiga izoh berilmadi. Shundan so‘ng hind kompaniyasiga qarshi jinoyat ishi ochildi, uning dorilari savdodan qaytarib olindi. SSV holatdan ancha vaqt o‘tibgina aholini SMS xabarnoma orqali ogohlantira boshladi. Bu orada esa o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi o‘limlar ham qayd etildi. Farg‘onada “Dok-1 Maks” siropidan zaharlangan yana bir 3 yoshli bola davolanayotgani ma’lum bo‘ldi.