Jahon

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr uzilishlarini O‘zbekiston elektr tizimidagi muammolar bilan izohladi
7 yanvar 2021, 11:49

Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr uzilishlarini O‘zbekiston elektr tizimidagi muammolar bilan izohladi

Qozog‘iston janubida va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistondagi energiya tizimidagi muammolarga ishora qilmoqda. Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi mintaqaning yagona energiya tizimidagi elektr uzatish liniyalaridagi uzilishlar haqida xabar bergan edi.

Tramp tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishdi — asosiy voqealar
7 yanvar 2021, 10:20

Tramp tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirishdi — asosiy voqealar

Jo Baydenning AQSH Kongressidagi g‘alabasini tasdiqlash yig‘ilishida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirishdi. Tartibsizlik va otishma natijasida bir kishi vafot etdi, bir necha politsiya xodimi jarohatlandi. Shaharda payshanba ertalabigacha komendantlik soati e’lon qilindi.

Jek Ma ataylab yashirinayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
6 yanvar 2021, 16:05

Jek Ma ataylab yashirinayotgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda

4 yanvar kuni Alibaba asoschisi Jek Maning g‘oyib bo‘lganligi haqida xabarlar tarqala boshladi. U so‘nggi ikki oy davomida ommaga ko‘rinish bermagan. CNBC boshlovchisi Devid Faberning aytishicha, u g‘oyib bo‘lmagan va Xanchjoudagi shtab-kvartirada yashiringan bo‘lishi mumkin.

Tojikistonda elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklov o‘rnatildi
6 yanvar 2021, 13:39

Tojikistonda elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha cheklov o‘rnatildi

Tojikistonda 5 yanvardan boshlab soat 23:00 dan qishloq xo‘jaligi bor bo‘lgan tumanlarda, ko‘p qavatli binolari yo‘q joylarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatib qo‘yiladi. Uylarda ertalab soat 6 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.

Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 yangi shtammi hozirgacha 41 ta mamlakatga yetib borgan
6 yanvar 2021, 13:23

Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 yangi shtammi hozirgacha 41 ta mamlakatga yetib borgan

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. Biroq ushbu shtamm hozirda yagona emas, ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan yana bir shtamm ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.

Gonkongda milliy xavfsizlik qonuni bo‘yicha 50 ga yaqin muxolifatchi hibsga olingan
6 yanvar 2021, 12:51

Gonkongda milliy xavfsizlik qonuni bo‘yicha 50 ga yaqin muxolifatchi hibsga olingan

Gonkongda 50 ga yaqin faollar va sobiq deputatlar milliy xavfsizlik qonunlarini buzganlikda gumon qilinib hibsga olingan. Hibsga olishlar oppozitsiyaning 2020 yil yozida demokratlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki saylovlari bilan bog‘liq.

Vetnamda hukumatni tanqid qilgan jurnalistlar «hukumatga qarshi propaganda uchun» qamaldi
6 yanvar 2021, 11:38

Vetnamda hukumatni tanqid qilgan jurnalistlar «hukumatga qarshi propaganda uchun» qamaldi

Vetnamda uch nafar mustaqil jurnalist-blogerlarga bir kunlik sud jarayonida 11 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. Ular «davlat siyosatiga qarshi materiallar va ma’lumotlar tayyorlash, saqlash va tarqatishda» aybdor deb topildi.

«Hech kim qozoqlarga bunday katta hududni sovg‘a qilmagan» -Toqayev
6 yanvar 2021, 10:02

«Hech kim qozoqlarga bunday katta hududni sovg‘a qilmagan» -Toqayev

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘istonning hududiy yaxlitligiga shubha bilan qaragan chet elliklarning provokatsiyalariga qarshi turishga chaqirdi.

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi
5 yanvar 2021, 16:39

Saudiya Arabistoni uch yillik blokadadan so‘ng Qatar bilan chegarani ochdi

Saudiya Arabistoni Qatar bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuv imzolaydi. Unga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi 2017 yilda yopilgan chegaralar, shu jumladan, havo va dengiz chegaralari ochiladi.

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi
5 yanvar 2021, 11:01

Angliya uchinchi umummilliy karantin e’lon qildi

Koronavirusning yangi shtammi tarqalishi oqibatida Angliyada uchinchi umummilliy karantin e’lon qilindi. Maktab va universitetlar masofaviy ta’limga o‘tmoqda. Aholiga ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi
4 yanvar 2021, 23:41

O‘zbekiston Tojikistonning janubida koronavirus bemorlarini taqsimlash markazini quradi

Tojikistonning Xatlon viloyatida O‘zbekiston qurayotgan tibbiy markaz negizida COVID-19 bemorlarini taqsimlash uchun markaz ochiladi. Inshoot bahorda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi
4 yanvar 2021, 18:27

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ninchi qavatdan tashlab yubordi

Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol 10-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Unda ruhiy muammolar kuzatilgani aytilmoqda.

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi
4 yanvar 2021, 15:59

Dunyo bo‘ylab COVID-19 yuqtirganlar soni 85 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 milliondan oshdi. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan ortiq bo‘lib, vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi
4 yanvar 2021, 15:08

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtati hukumati vakillariga saylovlarning natijalarini qayta ko‘rib chiqishlarini talab qilib, jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda telefon suhbati orqali bosim o‘tkazgan. OAVlar yozib olingan suhbatni ommaga e’lon qilishdi.

Nigerda jangarilar qishloqqa hujum qildi, yuzdan ortiq kishi vafot etdi
4 yanvar 2021, 11:11

Nigerda jangarilar qishloqqa hujum qildi, yuzdan ortiq kishi vafot etdi

Jangarilarning Nigerdagi ikkita qishloqqa hujumi natijasida 100 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Ushbu hodisa tinch aholining mamlakat tarixida eng katta ommaviy qirg‘ini ekanligi aytilmoqda.

JSST Pfizer vaksinasini favqulodda ishlatishga ruxsat berdi
1 yanvar 2021, 14:24 1

JSST Pfizer vaksinasini favqulodda ishlatishga ruxsat berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer vaksinasini koronavirusga qarshi favqulodda ishlatishga ruxsat berdi. Vaksina JSSTning xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha talablariga javob bergan. Bu dunyo mamlakatlariga vaksinani import qilishga va aholiga tarqatishga imkoniyat beradi

Yamandagi aeroportda kuchli portlash yuz berdi. Besh kishi vafot etdi
30 dekabr 2020, 16:51

Yamandagi aeroportda kuchli portlash yuz berdi. Besh kishi vafot etdi

Yamanning Aden shaxri aeroportiga hukumat a’zolari yetib kelganida kuchli portlash ro‘y berdi. Hodisa oqibatida besh kishi vafot etdi va 20 ga yaqin kishi yaralandi.

Rossiyada Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
30 dekabr 2020, 14:21

Rossiyada Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi oppozitsiya lideri Aleksey Navalniyga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘adi. U xayriya sifatida yig‘ilgan 356 million rublni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda.

Xorvatiyada 6,3 balli zilzila qayd etildi, qurbonlar soni 7 nafarga yetdi
30 dekabr 2020, 11:23

Xorvatiyada 6,3 balli zilzila qayd etildi, qurbonlar soni 7 nafarga yetdi

Xorvatiyada epitsentri Petrinya shahri bo‘lgan 6,3 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Hozirga qadar 500 dan ortiq fuqaro uysiz qolgan, 7 nafari vafot etgan.

COVID-19
28 dekabr 2020, 18:52

COVID-19

Koronavirusning yangi shtammi haqida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oldingisidan 70% ga kuchliroq deyilmoqda. Hozirda ushbu shtamm COVID-19'ning boshqa shtammlarini o‘rnini egallamoqda. U hozirgacha 10ga yaqin mamlakatlarda aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting