Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 85 mln 141 mingdan oshdi.

Birgina AQSHning o‘zida koronavirusdan zararlanganlar soni 20,6 mln dan oshdi. Hindistonda esa ushbu ko‘rsatkich 10,3 mln ni tashkil qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Braziliya (7,73 mln), Rossiya (3,2 mln), Fransiya (2,7 mln), Buyuk Britaniya (2,66 mln), Turkiya (2,24 mln) va Italiya (2,15 mln) mamlakatlari turibdi.

Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 47,87 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 1 mln 843 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda (203 ming kasallanganlar) bo‘lib turibdi. Shuningdek, hozirda Qirg‘izistonda 81 mingdan ortiq, Afg‘onistonda 51 ming, Tojikistonda 13 mingdan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar bor.