AQSH Kongressi Jo Baydenning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqlash uchun Kapitoliyda yig‘ilganida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirdi. Kongressmenlar evakuatsiya qilindi.

Otishma sodir bo‘lib, bir necha namoyishchilar jarohatlandi, ulardan biri vafot etdi, shuningdek bir necha politsiya xodimi jarohatlandi.

Tramp tarafdorlarini uchrashuvdan oldin Kapitoliyga kelishga va «zaif respublikachilarga yordam berishga» chaqirgan edi. Tartibsizliklardan so‘ng ularni tarqalishga chaqirdi.


Foto: The New York Times

Xavfsizlik kuchlari Kapitoliyni tozalab, 20 kishini hibsga olganlaridan so‘ng, kongressmenlar binoga qaytishdi.

AQSH Senatidagi respublikachilar yetakchisi Makkonnell Senatni qo‘rqitib bo‘lmasligini va saylovlar natijasi ma’qullanishini aytdi.

Hozir Vashingtonda vaziyat o‘z holiga qaytgan, shaharda payshanba ertalabigacha komendantlik soati e’lon qilindi.

Vashingtondagi favqulotda vaziyat 21 yanvar soat 15:00ga qadar uzaytirildi. 21 yanvar kuni Jo Baydenning prezidentlik lavozimiga kirishish uchun inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.