Turkiyaning Izmir shahrida 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.B. (ayol kishi) 10-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Haberler ma’lumot berdi.

Voqea Izmir shahrining Karshiyaka tumani Mavishehir turar majmuasida soat 14:00 atrofida sodir etgan.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay, ayol vafot etgan. Turkiya OAVlarining xabarlariga ko‘ra, unda ruhiy muammolar kuzatilgan. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.