Jahon

Dunyoda ishsizlar soni ortmoqda. Ular qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?
27 may 2020, 18:37

Dunyoda ishsizlar soni ortmoqda. Ular qanday qo‘llab-quvvatlanmoqda?

Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning turli mamlakatlarida millionlab odamlar ishsiz qolishmoqda. Turli davlatlarda ishini yo‘qotganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday choralar ko‘rilayotgani — «Gazeta.uz» tahlilida.

Twitter Trapmning xabarini ishonchsiz deb belgiladi
27 may 2020, 12:18

Twitter Trapmning xabarini ishonchsiz deb belgiladi

Donald Trampning Twitter dagi xabarlariga birinchi marotaba ishonchsiz bo‘lishi mumkinligi va qo‘shimcha tekshiruv kerakligi haqidagi maxsus belgi berildi. AQSH prezidenti Twitter ni so‘z erkinligini bo‘g‘ishda aybladi.

Rossiya G‘alaba paradini iyunda o‘tkazadigan bo‘ldi
26 may 2020, 21:39

Rossiya G‘alaba paradini iyunda o‘tkazadigan bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakada koronavirus tarqalishi o‘zining cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qilib, 24 iyun kuni Moskvada G‘alaba paradini o‘tkazishga topshiriq berdi.

Yangi Facebook platformasi Amazon raqobatchisiga aylanishi mumkin — mutaxassislar
26 may 2020, 11:50 1

Yangi Facebook platformasi Amazon raqobatchisiga aylanishi mumkin — mutaxassislar

Facebook internet-savdo platformasini ishga tushirdi. Ushbu platforma kelajakda Amazon va eBay kabi internet-savdo kompaniyalariga raqobatchi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Kompaniya ovqat yetkazib berish xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ymoqchi.

Isroil bosh vaziri sud oldida javob bermoqda
25 may 2020, 14:14

Isroil bosh vaziri sud oldida javob bermoqda

Isroilda Benyamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni boshlandi. Mamlakat tarixida ilk bor amaldagi bosh vazir sud qilinmoqda.

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi
22 may 2020, 17:04

Pokistonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

Pokistonda ichki reysni amalga oshirayotgan samolyot aholi yashaydigan hududga qulab tushdi. Samolyotda kamida 90 nafar yo‘lovchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi
21 may 2020, 15:19

Bloomberg: Xitoyda 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani tufayli bu hududda qat’iy karantin choralari qaytadan tiklandi va 100 milliondan ortiq aholi karantinga olindi.

AQSHda ishsizlar soni 40 milliondan oshishi mumkin
21 may 2020, 14:09

AQSHda ishsizlar soni 40 milliondan oshishi mumkin

AQSHda koronavirus pandemiyasi oqibatida ishsizlik bo‘yicha ariza berganlar soni 39 millionga yaqinlashdi. Ishsizlar soni 40 milliondan oshishi kutilmoqda.

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi
20 may 2020, 16:45

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi

Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.

Falastin AQSH va Isroil bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqadi
20 may 2020, 13:48

Falastin AQSH va Isroil bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqadi

Falastin prezidenti Isroil hukumati Falastin yerlarini o‘ziga qo‘shib olmoqchi bo‘lgani uchun Isroil va AQSH bilan tuzilgan barcha kelishuvlardan chiqilishi haqida e’lon qildi.

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi
19 may 2020, 19:16

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi

25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi
19 may 2020, 18:08

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi
19 may 2020, 14:32

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi

Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi
18 may 2020, 17:43

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi

Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi
18 may 2020, 10:39

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga barham berildi

Afg‘onistonda siyosiy inqirozga prezident Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh kelishuvi bilan barham berildi. Unga ko‘ra, Ashraf G‘ani prezident maqomini saqlab qoladi va Abdulloh Abdulloh esa Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi bo‘ladi. Shuningdek, sobiq vitse-prezident general Abdulrashid Do‘stumga marshal unvoni berilishi kelishilgan.

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi
16 may 2020, 16:49

Italiya 3 iyundan chegaralarni ochadi

Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 907 kishiga yetdi
15 may 2020, 16:58

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 907 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirus holatlari soni bir kunda 106 taga oshib, jami 907 taga yetdi. Shu vaqtga qadar 29 ta o‘lim qayd etildi.

Sloveniya mamlakatda COVID-19 epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
15 may 2020, 16:39

Sloveniya mamlakatda COVID-19 epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib mamlakatda koronavirus epidemiyasi yakuniga yetganini e’lon qildi. Fuqarolar Avstriya, Italiya va Vengriya hududidan chegarani kesib o‘tishlari mumkin, mamlakatda savdo markazlari, kafe va mehonxonalar ochiladi.

Litva, Latviya va Estoniya bir-biriga chegaralarini ochdi
15 may 2020, 12:56

Litva, Latviya va Estoniya bir-biriga chegaralarini ochdi

Boltiqbo‘yi davlatlari bir-biriga chegaralarini qaytadan ochdi. Biroq Estoniya, Latviya va Litva tashqarisidan kelgan sayohatchilar ikki haftani karantinda o‘tkazishlari kerak.

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi
15 may 2020, 11:57

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting