Yaman janubidagi Aden shahri aeroportida kuchli portlash yuz berdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Portlash Ar-Riyoddan yangi hukumat a’zolari kelganida yuz berdi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va 20 ga yaqin kishi yaralandi.

Vazirlar o‘sha paytda hali samolyotdan tushishmagan edi, shuning uchun ularga zarar yetmagani va ular hukumat saroyiga olib borilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq, Saudiya Arabistonida bo‘lgan Yaman prezidenti Abdu Rabbu Mansur Hadi 24 kishidan iborat yangi hukumatni tayinlagan edi. Uning tarkibiga Janubiy Yaman O‘tish davri kengashining besh vakili, respublika janubining ajralib chiqishini qo‘llab-quvvatlagan edi.