Dekabr oyining o‘rtalarida Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi JSST xabariga ko‘ra, hozirda 41 ta mamlakat hududlarida aniqlangan. O‘tgan hafta Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Ummon va Quvayt kabi mamlakatlar chegaralarni vaqtincha yopib qo‘ygani haqida ma’lum qilingan edi.

Avvalroq «Gazeta.uz» ushbu shtamm haqida hozircha nimalar ma’lum ekanligi haqida yozgan edi.

Biroq VOC-202012/01 deb nomlanuvchi koronavirusning ushbu turi hozirda tez tarqalayotgan yagona shtamm emas. Ilk bor Janubiy Afrikada aniqlangan 501Y.V2 shtammi ham hozirda 7 ta mamlakatga yetib borgan.

JSST xabariga ko‘ra, ketma-ket uchinchi hafta dunyo bo‘ylab 4 mln dan ortiq COVID-19 bilan zararlanganlar aniqlanmoqda. Ushbu muddat davomida o‘lim holatlari ham 76 mingga ortgan.