Shanba kuni Niger g‘arbiy qismidagi ikki qishloqda jangarilar hujumi natijasida tinch aholidan 100 kishi halok bo‘ldi va 75 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Manbalarga ko‘ra, hujum Mali bilan chegara yaqinidagi qishloqqa uyushtirilgan.

«Choma Banguda (qishloq — tahr.) 70 kishi va Zarumadareyeda 30 kishiga vafot etdi. 75 kishi ham jarohatlangan», — deya ma’lum qildi kommuna rahbari Tondikivindi Almu Xassan.

Hujum prezident saylovlari birinchi bosqichining dastlabki natijalari e’lon qilingan kuni sodir bo‘ldi.

Euronews xabariga ko‘ra, ushbu terroristik hujum «Boko xaram» guruhi tomonidan uyushtirilgan va bu mamlakat tarixida eng katta ommaviy qirg‘in ekanligi aytilmoqda.