4 yanvar kuni Alibaba asoschisi Jek Maning g‘oyib bo‘lganligi haqida xabarlar tarqala boshladi. U so‘nggi ikki oy davomida ommaga ko‘rinish bermagan. Ko‘pchilik buni Xitoy hukumatining Jek Maga tegishli Alibaba va Ant Group kompaniyalariga cheklov qo‘yganligi va unga qarshi chiqayotganligi bilan bog‘lamoqda. Bu xabarlardan so‘ng kompaniyaning aksiyalari 3% ga arzonladi.

CNBC boshlovchisi Devid Faberning aytishicha, u g‘oyib bo‘lmagan va Xanchjoudagi shtab-kvartirada yashiringan bo‘lishi mumkin.

Bu xabardan keyin Alibaba kompaniyasining aksiyalari 5% ga qimmatladi. Biroq Donald Tramp Xitoy to‘lov tizimlari (Alipay, WeChat va boshqalar) orqali savdo qilishni cheklab qo‘yuvchi buyruqni imzolaganligi oqibatida kompaniya aksiyalari yana tushib ketishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jek Ma oktyabr oyida Xitoydagi moliyaviy tartibga solish tizimni tanqid qilgan edi. Shundan so‘ng Alibaba kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi tergov-surishtiruv ishi ochilgan edi.