5 yanvar kuni O‘zbekistondagi bir qator issiqlik elektr stansiyalarida qisman elektr uzilishlari yuz berdi. Energetika vazirligi IESning favqulodda vaziyatlarni boshqarish uskunalari Markaziy Osiyo va Qozog‘istonni bog‘laydigan yagona energiya tizimining elektr uzatish liniyalarining rejadan tashqari o‘chirilishi sababli ishga tushirilganligi haqida xabar berdi.

To‘raqo‘rg‘on IES (uning quvvati 750 dan 500 MVtgacha pasaygan), Taxiatosh IES (280 dan 150 MVtgacha), Navoiy IES (450 dan 230 MVt gacha), Toshkent IES (370 dan 180 MVt gacha) va Talimarjon IESning (umumiy quvvati 900 MVt) ikkita agregati avtomatik ravishda o‘chirildi. Elektr uzilishlari bir qator viloyatlarga ta’sir ko‘rsatdi.

Qozog‘iston Elektr tarmoqlari boshqarma kompaniyasining (KEGOS) xabar berishicha, 5 yanvar kuni soat 17:41 da Qozog‘istonning yagona energiya tizimining shimoli-janubiy tranziti parallel ishlashining barqarorligi buzildi.

Shu sababli, uskuna buzilishining oldini olish uchun shimoli-janubiy Qozog‘iston tranzitining 500kVlik uchta havo liniyalari va 220kV bitta liniya avtomatik tarzda o‘chgan. Natijada Qozog‘istonning yagona energiya tizimi janubiy hududi va Markaziy Osiyoning umumiy energiya tizimi 48,31 Gs chastotasigacha pasaygan holda ishlashda davom etdi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota, Jambil, Qizilo‘rda, Qarag‘anda va Turkiston viloyatlaridagi cheklovlar hajmi 959 MVtni tashkil etdi.

«Uzilish manbai — Talimarjon IESda ikkita 450 MVt quvvatli umumiy siklli elektr stansiyalaridagi uzilishlar, shuningdek boshqa bir qator elektr stansiyalarda ishlab chiqarish hajmining pasayishi bo‘lgan O‘zbekiston energiya tizimi hisoblanadi», — deyiladi KEGOS bayonotida.

Qirg‘iziston Milliy elektr tarmog‘ining xabarida aytilishicha, 5 yanvar kuni soat 17:43 da Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimi Qozog‘iston shimolidagi yagona energiya tizimidan ajralib chiqqan.

«Avtomatik chastotani tushirish (ACHT) ishga tushguncha energiya tizimidagi chastota kamaydi. Bunga O‘zbekiston energetika tizimining ortiqcha elektr energiyasi sabab bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

17:59 da EUL-530 Qozog‘iston energiya tizimidagi tranzit tarkibiga kiritildi, chastotalarni tartibga solish esa Qirg‘iziston energiya tizimidan olib tashlandi. Soat 18:15da EUL-532 va EUL-539 tranzit tarkibiga kiritildi va ACHTdan uzilgan iste’molchilarga elektr ta’minoti tiklandi, dedi qo‘shni mamlakat energetika kompaniyasi.