Vetnamda uch nafar mustaqil jurnalist-blogerlarga bir kunlik sud jarayonida 11 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi, deya xabar berdi The Guardian.

Jurnalistlardan biri Fam Chi Dung 2014 yili Mustaqil jurnalistlar assotsiyasini tashkil qilgan va mahalliy politsiya uning bu harakatini to‘ntarish o‘tkazishga harakat deb baholadi va u 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


Foto: Vietnam News Agency/AFP/Getty Images

Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tgan sudda jurnalistlar «davlat siyosatiga qarshi materiallar va ma’lumotlar tayyorlash, saqlash va tarqatishda» aybdor deb topildi.

Amnesty International tashkilotining ta’kidlashicha, ushbu hukm Vetnam hukumatining matbuot erkinligiga bo‘lgan nafratini anglatadi.

AQSH davlat departamenti Vetnam hukumatini mamlakat tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaga va inson hukuqlari bo‘yicha halqaro majburiyatlarga amal qilishga chaqirdi.