Chorshanba kuni politsiya Gonkongda 50 ga yaqin muxolifat vakillarini milliy xavfsizlik qonunlarini buzganlikda gumon qilib hibsga oldi, deb yozadi TASS South China Morning Post gazetasiga tayanib.

«Ular qo‘poruvchilik faoliyatida gumon qilinib hibsga olingan», dedi huquq-tartibot idorasi. Ular orasida Qonunchilik kengashining oppozitsiya partiyalari sobiq deputatlari va ijtimoiy faollar ham borligi ma’lum qilingan.

May oyi oxirida Gonkongda milliy xavfsizlik qonunlariga qarshi namoyishlar boshlandi. Hujjat AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yevropa Ittifoqida qoralangan edi. AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyga Gonkong ishlariga aralashgani uchun iyul oyida sanksiyalar kiritgan.