Seshanba kuni soat 12:20 da Xorvatiyada sodir bo‘lgan zilzila epitsentri mamlakatning markaziy qismida joylashgan Petrinya shahri hududida ekanligi ma’lum bo‘ldi.Bir kun oldin shahar bir necha kuchli bo‘lmagan silkinishlarni sezgan, keyinchalik esa zilzila butun Xorvatiya va qo‘shni mamlakatlarni qamrab olgan.

«Ayni paytda barcha xizmatlar vayronalar ostida qolgan fuqarolarni qidirishga qaratilgan. Petrinya markazining aksariyati, birinchi taxminlarga ko‘ra, „qizil zonada“, ya’ni hayot uchun yaroqsiz», — dedi hukumat rahbari jurnalistlarga.

«Petrinyadagi kazarmada uysiz qolganlar uchun 500 ta joy ajratilgan, yana 100 tasi mehmonxonada», — dedi Xorvatiya bosh vaziri.

Hozirga qadar zilzila oqibatida 7 nafar fuqaro vafot etgani ma’lum qilindi.