Jahon

Rossiya Ukraina hukumatini prezident Putinga suiqasd uyushtirishda aybladi
3 may 2023, 17:01

Rossiya Ukraina hukumatini prezident Putinga suiqasd uyushtirishda aybladi

Kremlning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml qarorgohiga 2 ta dron bilan hujum qilgan, keyinchalik ular yo‘q qilingan. Rossiyada bu davlat rahbariga suiqasd sifatida baholanmoqda.

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi
28 aprel 2023, 19:05

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Uman shahrida Rossiya raketasi turar-joy binosiga kelib urilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 18 kishi esa jarohatlangan.

Turkiya prezidentining yurak xurujiga uchragani rad etildi
27 aprel 2023, 09:24

Turkiya prezidentining yurak xurujiga uchragani rad etildi

25-aprelda Turkiya prezidenti Erdog‘anning sog‘lig‘i yomonlashdi. Keyinroq uning oshqozonida muammo borligi aytilib, bir nechta uchrashuvlar bekor qilindi. Prezident ma’muriyati uning yurak xurujiga chalingani haqidagi xabarlarni “asossiz” deb atadi. 14-may kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘ladi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari 18 yilga qamaldi
25 aprel 2023, 15:01

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari 18 yilga qamaldi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari va sobiq bosh vazir Karim Masimov davlatga xiyonat va hokimiyatni majburan tortib olishda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasi qonunchilikka kiritildi
25 aprel 2023, 11:56

Qozog‘istonda to‘rt kunlik ish haftasi qonunchilikka kiritildi

Qozog‘iston qonunchiligiga to‘rt kunlik ish haftasi tushunchasi kiritildi. Endi ish beruvchi va xodim besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasi to‘g‘risida kelishib olishi mumkin.

Germaniyadagi so‘nggi uchta AESning faoliyati to‘xtatildi
17 aprel 2023, 13:18

Germaniyadagi so‘nggi uchta AESning faoliyati to‘xtatildi

Dam olish kunlari Germaniyada ishlab kelayotgan so‘nggi uchta AES elektr tarmog‘idan uzildi. Bu 2022-yilda amalga oshirilishi kerak edi, biroq Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli keyinga qoldirilgandi. Ushbu AESlar mamlakatdagi atigi 6 foiz elektr energiyasini ishlab chiqarayotgandi.

Qozog‘iston va Xitoy o‘zaro vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda
14 aprel 2023, 23:00

Qozog‘iston va Xitoy o‘zaro vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Vizasiz qolish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Indoneziyada uch nafar o‘zbekistonlik izolyatordan qochib ketdi
13 aprel 2023, 17:59

Indoneziyada uch nafar o‘zbekistonlik izolyatordan qochib ketdi

Indoneziyada terrorizmda ayblanib qo‘lga olingan uch nafar o‘zbekistonlik tergov izolyatoridan qochib ketdi. Qochish chog‘ida ulardan biri daryoda cho‘kib ketdi, bir qo‘riqchi halok bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘sha kuniyoq ikki qochoqni qo‘lga oldi.

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning USM xoldingiga qarshi sanksiyalar kiritdi
13 aprel 2023, 00:21

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning USM xoldingiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya ishbilarmon Alisher Usmonovning USM xoldingini, shuningdek, unga aloqadorligi aytilayotgan ikkita kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. UMS sanksiyalarni adolatsiz va asossiz deb hisoblashini bildirdi.

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
7 aprel 2023, 20:51

Fransiya prezidenti Xitoyni urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

Xitoyga tashrif buyurgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat yetakchisi Si Szinpinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi. XXR rahbari tinchlik muzokaralari erta boshlanishiga umid bildirib, tomonlarni vazminlikni saqlash, tinch aholiga hujumlardan qochishga chaqirdi.

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda
5 aprel 2023, 13:31

Tramp moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni Nyu-York sudiga keldi va u yerda hibsga olindi. Unga hisob-kitoblarni soxtalashtirish bo‘yicha 34 ta band bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Tinglovdan keyin Tramp Floridaga qaytdi.

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
5 aprel 2023, 13:03

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik terror tashkilotga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Indoneziyada 4 nafar o‘zbekistonlik “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkilotining tashviqotini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilarning buyumlari dalil sifatida olingan.

Istanbuldagi konsullik Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi
4 aprel 2023, 18:13

Istanbuldagi konsullik Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi

Istanbuldagi Bosh konsulxona so‘nggi paytlarda o‘zbekistonliklarning Turkiyadagi turli jinoyatlar ishtirokchisi bo‘lib qolgan holatlar ko‘payganini bildirib, fuqarolardan mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlarini so‘radi.

Finlyandiya NATOga qo‘shildi
4 aprel 2023, 18:03

Finlyandiya NATOga qo‘shildi

Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto mamlakatning NATOga kirishi haqidagi hujjatni imzoladi. Finlyandiya tashkilotga qo‘shilgan 31-mamlakat bo‘ldi.

Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning milliy elektromobilidan yuboradi
4 aprel 2023, 11:44

Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning milliy elektromobilidan yuboradi

Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.

Qozog‘iston qo‘shni davlatlar sababli benzin va dizel narxini oshirishni rejalashtirmoqda
3 aprel 2023, 21:37

Qozog‘iston qo‘shni davlatlar sababli benzin va dizel narxini oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston benzin va dizel yoqilg‘isi uchun marjinal narxlarni oshirish niyatida. Mamlakat energetika vaziri Bolat Akchulakov joriy narxlar saqlanib qolsa, “arzon qozoq dizel yoqilg‘isi chetga, jumladan, narxlar ikki baravar yuqori bo‘lgan O‘zbekistonga chiqib ketishini” ta’kidladi.

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi
31 mart 2023, 20:02

Turkiya oxirgi bo‘lib Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini bir ovozdan ma’qulladi. Shunday qilib, mamlakatning ittifoqqa qo‘shilishi tashkilotning barcha a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Aleksandr Lukashenko Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi
31 mart 2023, 15:56

Aleksandr Lukashenko Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.

Donald Trampga qarshi jinoiy ayblov e’lon qilindi
31 mart 2023, 11:36

Donald Trampga qarshi jinoiy ayblov e’lon qilindi

Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanayotgan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Bu Stormi Denielsga jim yurishi uchun pul to‘lash bilan bog‘liq.

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi
30 mart 2023, 20:55

Qozog‘iston prezidenti yangi parlamentda nutq so‘zladi

“Qozog‘iston — geosiyosiy tevarakda rivojlanishning yangi tendensiyasini belgilovchi bunday chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan yagona davlatdir“, — dedi Qasim-Jomart Tokayev. U hashamatli uy egalari uchun past tariflarni tanqid qildi, yirik va tovar korxonalari uchun soliqlarni oshirishni taklif qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting