Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 31-mart kuni xalq va parlamentga murojaati chog‘ida Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirdi, deb xabar berdi BelTA.
“Faqat bitta savol bor: nima qilish kerak? Hammangiz tushunasiz va bilasizki, bu yerda faqat bitta yo‘l bor: muzokaralar. Oldindan qo‘yiladigan shartlari bo‘lmagan muzokaralar. Men tavakkal qilgan holda harbiy harakatlarni to‘xtatishni taklif qilaman” — deya ta’kidladi Aleksandr Lukashenko.
Unga ko‘ra, sulhni harakat qilish huquqisiz e’lon qilish kerak, ikki tomon ham qurol va o‘q-dorilar, tirik kuch va texnikalarni topshirish huquqisiz qo‘shinlarini qayta yig‘adi.
Davlat rahbari muzokaralarni keyinroq emas, aynan hozir boshlash kerakligiga ishonch bildirdi: “Biz buni hozir, keskinlik boshlanishidan oldin to‘xtashimiz kerak”.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Agar Rossiya o‘zini himoya qilish uchun (to‘g‘risini aytsam, bizdan ham) qurol va o‘q-dori so‘ragan bo‘lsa, bugun hech kimdan so‘ragani yo‘q. Nega? Chunki, buni aniq bilamanki, harbiy-sanoat kompleksi bugungi kunda Rossiyada to‘liq quvvat bilan rivojlanmoqda. Agar bu harbiy-sanoat majmuasi to‘liq quvvat bilan ishga tushsa, tinchlik haqida gapirish qiyin bo‘lib qoladi. Boshqa tomondan, agar Ukraina qurol-aslaha bilan to‘lib-toshsa, harbiylar qayta tayyorlashdan o‘tsa, armada ro‘y beradi”, — dedi davlat rahbari.