Ikki terrorchi Anqarada Turkiya Ichki ishlar vazirligi Xavfsizlik bosh boshqarmasi darvozasi oldida portlash uyushtirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi buni terakt sifatida baholagan Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaga tayanib xabar berdi.

Унинг so‘zlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 09:30 atrofida sodir bo‘lgan.

Vazirning aytishicha, ikki politsiyachi yengil jarohat olgan.

“Taxminan 09:30 da IIV Xavfsizlik bosh boshqarmasining kirish eshigi tomon yengil tijorat avtomobilida kelgan ikki nafar terrorchi portlash sodir etdi. Terrorchilardan biri o‘zini portlatib yubordi, ikkinchisi esa zararsizlantirildi. O‘q otilishi natijasida ikki nafar politsiyachimiz yengil tan jarohati oldi. Qahramonlarimizga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman”, — deb yozdi u Facebook -sahifasida.

али ерликая, terakt, тuркия

Ali Yerlikaya Turkiya xavfsizlik kuchlari “terrorizmga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishini” ta’kidladi.

TRT telekanalining xabar berishicha, terrorchilar vazirlik binosiga kiraverishgacha borgan, ulardan biri o‘zidagi portlovchi moddani ishga tushirgan. Vazirlik xavfsizligi xodimlari hujumchilarga qarata o‘t ochgan. Qisqa muddatli otishma sodir bo‘lgan va ikkinchi terrorchi zararsizlantirilgan.

Terakt portlash joyi yaqinida joylashgan Turkiya parlamenti o‘z ishini qayta boshlagan kuni sodir bo‘lgan. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an u yerda soat 14:00 da nutq so‘zlashi kerak edi.