Jahon

AQSh sudi Donald Trampni firibgarlikda ayblab, 355 mln dollar jarimaga tortdi
19 fevral 2024, 16:08

AQSh sudi Donald Trampni firibgarlikda ayblab, 355 mln dollar jarimaga tortdi

Nyu-York sudi AQSh prezidentligiga da’vogar Donald Trampni moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topdi va unga 355 million dollar jarima soldi. Shuningdek, unga Nyu-Yorkdagi har qanday korporatsiyada uch yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallash taqiqlandi.

“U kurashi uchun hayotini tikishiga to‘g‘ri keldi”. Aleksey Navalniy o‘limiga munosabatlar
16 fevral 2024, 22:39

“U kurashi uchun hayotini tikishiga to‘g‘ri keldi”. Aleksey Navalniy o‘limiga munosabatlar

16-fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. U 47 yoshda edi. “Gazeta.uz” xorijiy siyosatchilar va Navalniyning yaqinlari, shuningdek, O‘zbekistondagi jamoat faollarining munosabatlarini bir yerga to‘pladi.

Sadir Japarov o‘ziga tegishli mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirdi
16 fevral 2024, 18:48

Sadir Japarov o‘ziga tegishli mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mulkni ixtiyoriy qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan o‘ziga tegishli mol-mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirganini aytdi. Uning tan olishicha, avvallari uning binolari, jumladan, Bishkekdagi biznes markazi “boshqa odamlar nomiga rasmiylashtirilgan”.

Aleksey Navalniy vafot etdi
16 fevral 2024, 16:27

Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.

AQSh mustaqil Falastin davlatini yaratish rejasini ishlab chiqmoqda — WP
16 fevral 2024, 14:19

AQSh mustaqil Falastin davlatini yaratish rejasini ishlab chiqmoqda — WP

AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Falastin davlatini yaratishning “aniq muddatlarini” o‘z ichiga oluvchi rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post. U Isroil va Falastin o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni nazarda tutadi.

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi
16 fevral 2024, 10:40

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi

ChatGPT chatbotini ishlab chiqqan sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi OpenAI kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotini taqdim etdi. U Sora deb atalib, foydalanuvchilar so‘rovlari asosida davomiyligi 1 daqiqagacha bo‘lgan fotorealistik kliplar yarata oladi.

Yaponiya iqtisod bo‘yicha dunyodagi uchinchi o‘rnini Germaniyaga boy berdi
16 fevral 2024, 09:50

Yaponiya iqtisod bo‘yicha dunyodagi uchinchi o‘rnini Germaniyaga boy berdi

Yaponiya iqtisodiyoti kutilmaganda inqirozga yuz tutdi. Bu esa Germaniya dunyoning yirik iqtisodiyoti bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib olishiga sabab bo‘ldi. Kunchiqar mamlakatdagi iqtisodiy pasayish oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tufayli ichki iste’molning zaiflashuviga olib keldi.

Belgorodga raketa hujumi uyushtirildi, besh kishi halok bo‘ldi
15 fevral 2024, 19:02

Belgorodga raketa hujumi uyushtirildi, besh kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Belgorod shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, 18 kishi jarohatlandi. Rossiya Mudofaa vazirligi hududda Ukraina tomonidan otilgan 14 ta raketa tutib qolinganini ma’lum qildi.

Balida 10 dollarlik sayyohlik yig‘imi joriy etildi
14 fevral 2024, 23:23

Balida 10 dollarlik sayyohlik yig‘imi joriy etildi

Indoneziya hukumati 14-fevraldan boshlab Baliga tashrif buyuradigan barcha xorijiy sayyohlar uchun 10 dollar miqdorida yig‘im joriy etdi. Mablag‘lar orol atrof-muhiti va madaniyatini muhofaza qilishga sarflanadi.

Hozirgi to‘qnashuvlar dunyoni “xavfli o‘nyillik”ka olib boradi — IISS
14 fevral 2024, 21:38

Hozirgi to‘qnashuvlar dunyoni “xavfli o‘nyillik"ka olib boradi — IISS

Ko‘p sonli mojarolar dunyoda “juda beqaror muhit"ni yuzaga keltirmoqda. Bu “haq kuchlilar tomonda bo‘ladi” yondashuvi keng tarqaluvchi hozirgidan ham xavfli o‘nyillikning bashorati hisoblanadi, deyiladi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti hisobotida.

Rossiya keyinchalik frontga jo‘natish uchun mehnat migrantlarini Ukrainaga jalb qilmoqda — Bloomberg
14 fevral 2024, 18:20

Rossiya keyinchalik frontga jo‘natish uchun mehnat migrantlarini Ukrainaga jalb qilmoqda — Bloomberg

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi qurilish ishlari uchun qo‘shni davlatlardan minglab mehnat migrantlarini yollamoqda, ammo ularning ba’zilari xandaq qazish va frontda jang qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi Bloomberg. O‘z mamlakatida esa ular yollanganlik uchun qamalishi xavfi mavjud.

AQSh Senati Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
14 fevral 2024, 01:11

AQSh Senati Ukraina, Tayvan va Isroilga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Ukraina, Tayvan va Isroilga 95 milliard dollarlik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjat endi respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Palata spikeri Mayk Jonson allaqachon loyihani ovozga qo‘ymasligini aytib ulgurdi.

Har beshinchi ko‘chib yuruvchi jonzot turi yo‘qolish xavfi ostida — BMT
14 fevral 2024, 00:52

Har beshinchi ko‘chib yuruvchi jonzot turi yo‘qolish xavfi ostida — BMT

Hayvonlar migratsiyasi sayyoradagi eng murakkab ekotizimlarni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi, ammo odamlar va iqlim o‘zgarishi tufayli har beshinchi ko‘chib yuruvchi tur yo‘qolib ketish xavfi ostida, deyiladi BMT hisobotida.

Ozarbayjon va Armaniston bir-birini chegarada o‘q uzganlikda aybladi
13 fevral 2024, 15:16

Ozarbayjon va Armaniston bir-birini chegarada o‘q uzganlikda aybladi

Ozarbayjon va Armaniston bir-birini chegara hududini o‘qqa tutishda aybladi. Bokuda bir kishi yaralangani xabar qilindi. Yerevan to‘rt arman askari halok bo‘lganini bildirdi. Bu Ozarbayjonning Qorabog‘dagi harbiy amaliyotidan buyon ikki davlat o‘rtasida yuz bergan eng jiddiy chegara to‘qnashuvi hisoblanadi.

Qozog‘istonda sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi
12 fevral 2024, 17:11

Qozog‘istonda sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi

Qozog‘istonda mutaxassislar bilan maslahatlashilganidan so‘ng va yomon ob-havo sharoiti tufayli sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi. Ularning soni 2023-yil oktabr oyida ushbu hayvonlar populyatsiyasining keskin ortishi va yaylov yetishmasligi fonida tartibga solingandi.

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovda 51,6 foiz ovoz bilan Aleksandr Stubb g‘alaba qozondi
12 fevral 2024, 11:56

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovda 51,6 foiz ovoz bilan Aleksandr Stubb g‘alaba qozondi

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi turida hukmron Milliy koalitsiya partiyasidan nomzod, sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda unga raqiblik qilgan mustaqil nomzod, sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto 48,4 foiz ovoz oldi.

Argentina parlamenti prezidentning islohotlar paketini ma’qullamadi
9 fevral 2024, 22:13

Argentina parlamenti prezidentning islohotlar paketini ma’qullamadi

Argentina parlamenti a’zolari prezident Xaver Mileyning tub islohotlar paketini qabul qilmadi va hujjatni ko‘rib chiqish uchun qaytardi. Rejalashtirilgan islohotlar tufayli mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi.

Qozog‘istonda niqob rejimi tiklandi
9 fevral 2024, 19:42

Qozog‘istonda niqob rejimi tiklandi

Qozog‘iston hukumati tibbiyot muassasalarida niqob rejimini joriy qildi, shuningdek, undan odamlar gavjum joylarda ham foydalanishni tavsiya qildi. Ushbu chora mamlakatda COVID-19, qizamiq va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishini to‘xtatish maqsadida ko‘rildi.

O‘tgan oy dunyo bo‘ylab eng issiq yanvar bo‘ldi
9 fevral 2024, 17:46

O‘tgan oy dunyo bo‘ylab eng issiq yanvar bo‘ldi

2024-yilning yanvari dunyo bo‘ylab mazkur oy uchun rekord darajada issiq kechdi. Olimlar, shuningdek, bu yanvar ketma-ket sakkizinchi eng issiq oy bo‘lganini ta’kidlamoqda — rekord darajalar 2023-yil iyunidan beri qayd etilyapti.

AQSh havo sifati standartlarini kuchaytirdi
9 fevral 2024, 01:25

AQSh havo sifati standartlarini kuchaytirdi

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mamlakatdagi havo sifati standartlarini kuchaytirdi. PM2,5 ning ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 12 mkg/m3 dan 9 mkg/m3 gacha kamaytirildi. Yangilangan standart minglab bevaqt o‘lim va yo‘qotilgan ish kunlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting