Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti Ohayo universiteti (AQSh) vakili Per Agostini, Maks Plank instituti va Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universiteti (Germaniya) xodimi Ferens Krauz va Lund universitetidan (Shvetsiya) Ann Le-Huillerga berildi. Bu haqda 3-oktabr kuni Nobel qo‘mitasi o‘z qarorini e’lon qildi.

Mukofot olimlarga atomlar va molekulalar ichidagi elektronlar dinamikasini o‘rganuvchi eksperimental tajribalari uchun berildi. Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huiller elektronlar harakatlanadigan yoki energiyani o‘zgartiradigan tezkor jarayonlarni o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan juda qisqa yorug‘lik impulslarini yaratish usulini ko‘rsatdi.

Fizika bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti olimlar Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga murakkab fotonlar bilan o‘tkazgan tajribalari uchun topshirilgan.

2021-yilgisini esa murakkab fizik tizimlarni tushunish va Yer iqlimini modellashtirish bo‘yicha kashfiyotlari uchun uchta olim — Shukuro Manabe, Klaus Xasselmann va Jorjio Parisi olgan edi.

Ma’lumot uchun, 2-oktabr kuni tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini beruvchi mRNA sintezi texnologiyalarini ishlab chiqqan Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi. Ushbu yo‘nalish mukofot haftaligini ochib berdi. 9 oktyarbrga qadar yana kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisodiyot bo‘yicha sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.