«zilzila» tegli maqolalar


“Hozir siz bilan gaplashyapman, yer esa qimirlayapti”. Turkiyadagi zilzila guvohiga aylangan o‘zbekistonliklarning hikoyalari
8 fevral 2023, 13:06

“Hozir siz bilan gaplashyapman, yer esa qimirlayapti”. Turkiyadagi zilzila guvohiga aylangan o‘zbekistonliklarning hikoyalari

Turkiyaning so‘nggi 100 yillik tarixidagi eng kuchli zilzila bu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar hayotiga ham ta’sir qildi. “Uyim ko‘z oldimda quladi”, — deydi ulardan biri. “Uyda ovqatlanib, mashinada tunayapmiz”, — deydi boshqa bir vatandosh. “Gazeta.uz” Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi
8 fevral 2023, 11:51

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik FVV xodimlari tonggacha vayronalar ostidan 21 kishini chiqarib oldi. Ularning 12 nafari vafot etgan. Qolganlari turli tan jarohatlari olgan.

Millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirgan bir necha daqiqa — Turkiyadagi zilzila oqibatlari (video)
8 fevral 2023, 10:08

Millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirgan bir necha daqiqa — Turkiyadagi zilzila oqibatlari (video)

Turkiyadagi zilzila paytida ko‘p qavatli uylar xuddi kartadan yasalgan uylar kabi ketma-ket quladi. Ushbu maqolada zilzila paytida mahalliy xalq tomonidan olingan eng ta’sirli (va dahshatli) videolar jamlangan.

Turkiyada O‘zbekistonning 13 fuqarosi qidirilmoqda
7 fevral 2023, 21:13

Turkiyada O‘zbekistonning 13 fuqarosi qidirilmoqda

Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini qidirish ishlari olib borilmoqda. Ikki kishi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda tabiiy ofat natijasida 3549 kishi qurbon bo‘ldi, 22,1 ming kishi jarohatlangan.

Turkiyadagi zilzila oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
7 fevral 2023, 13:18

Turkiyadagi zilzila oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Turkiyaning Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi
7 fevral 2023, 10:13

O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila markazlaridan biri — Qahramanmarash viloyatidan olib chiqildi. Ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga qaytib keladi.

Turkiyada yetti kunlik motam e’lon qilindi
7 fevral 2023, 09:42

Turkiyada yetti kunlik motam e’lon qilindi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 6 fevral kuni sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar qurbonlari xotirasiga yetti kunlik umumxalq motamini e’lon qildi. Hodisa oqibatida vafot etganlar soni 2316 nafarga yetdi, 13 293 nafari jarohat oldi.

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas
6 fevral 2023, 21:34 1

FVV: O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emas

FVV O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi 5 dan yuqori bo‘lgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagani hamda kuchli zilzilalar sodir bo‘lish ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1500 nafardan oshdi
6 fevral 2023, 21:15

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 1500 nafardan oshdi

Turkiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi, 9730 dan ortiq kishi jarohatlandi. 3471 bino qulagan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi
6 fevral 2023, 17:22

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat qildi. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natadi
6 fevral 2023, 15:25

O‘zbekiston Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilarni jo‘natadi

O‘zbekiston Turkiyaga zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordam va Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilarini jo‘natadi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
6 fevral 2023, 12:01

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

Turkiyada 7 balli zilzila ro‘y berib, oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. O‘zbekiston TIV hozircha zilzilada o‘zbekistonliklar jabrlangani bo‘yicha murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Turkiyada kuchli zilzila oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi
6 fevral 2023, 10:26

Turkiyada kuchli zilzila oqibatida o‘nlab odam halok bo‘ldi

Dushanba kuni tongda Turkiya janubida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Mamlakatda ogohlantirishning eng yuqori darajasi e’lon qilindi. Suriya shimolida ham o‘nlab odam vafot etgan, yuzlab yaradorlar borligi aytilmoqda.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi
5 yanvar 2023, 19:44

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi

Payshanba kuni kechqurun Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston bo‘ylab 3−4 ballik kuchda sezildi.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
5 dekabr 2022, 09:53

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

5 dekabr kuni 07:07 da Andijon viloyatida yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Asaka tumanida bo‘lib, 3,4 magnitudani tashkil etdi.

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi
28 noyabr 2022, 07:42

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

Xitoyda sodir bo‘lgan 5,2 ballik zilzila O‘zbekiston hududlarida ham sezildi. Farg‘ona vodiysida uning kuchi 3 balni tashkil etdi.

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
22 noyabr 2022, 11:17

Indoneziyada kuchli zilzila sabab 160 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Yava orolida bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila sabab Cianjur shahrida 162 kishi halok bo‘ldi, 300 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Uylari zarar ko‘rgan 13 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Bino va maktablar vayron bo‘ldi. Qutqaruvchilar hozir vayronalar ostida qolib ketganlarni qidirmoqda.

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
15 noyabr 2022, 20:27

Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida to‘rtinchi yer osti silkinishi.

O‘zbekiston hududida sutkada uchinchi bor zilzila qayd etildi
14 noyabr 2022, 16:32

O‘zbekiston hududida sutkada uchinchi bor zilzila qayd etildi

Jizzax viloyatida epitsentri Zarbdor tumani bo‘lgan yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi. 14 noyabr hisobidan bu O‘zbekiston hududida qayd etilgan uchinchi yer qimirlashi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi
14 noyabr 2022, 14:56

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Toshkent vaqti bilan 13:01 Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting