Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila Toshkent vaqti bilan 13:01 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi 3 ball, chuqurlik 20 kmni tashkil etdi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 304 km janubiy-sharqdaligi aniqlandi.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xo‘jaobod tumanida 2−3 ball, 17 km;
  • Buloqboshi tumanida 2−3 ball, 20 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 25 km.

Eslatib o‘tamiz, ushbu zilzila 14 noyabr kuni O‘zbekiston hududida sezilgan ikkinchisi hisoblanadi. Avvalroq, soat 03:07 da Tojikistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgani haqida xabar berilgandi.