15 noyabr kuni 18:58 da Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududida zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Epitsentrda magnituda 3,6 ni tashkil etdi. Chuqurlik — 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 349 km janubiy-g‘arbda.

Hududlarda sezilish kuchi:

  • Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
  • Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
  • Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
  • Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
  • Nurobod tumanida 2−3 ball, 42 km.
  • Navbahor tumanida 2−3 ball, 50 km.
  • Xatirchi tumanida 2−3 ball, 53 km.
  • Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
  • Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
  • Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston hududida tez-tez yer osti silkinishlari qayd etilmoqda. Dushanba, 14 noyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 3 ballik zilzila sodir bo‘lgan edi. Bu O‘zbekiston hududida qayd etilgan uchinchi yer qimirlashi edi.