«zilzila» tegli maqolalar


Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi
1 noyabr 2022, 10:15

Tong vaqti Andijon va Farg‘ona viloyatida zilzila bo‘ldi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon (Marhamat va Buloqboshi tumanlarida — 2 ball) va Farg‘ona (Quvasoy va Xo‘jaobod tumanlarida — 2 ball) viloyatida ham sezildi.

Seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi
17 oktabr 2022, 19:11

Seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi

Hukumat karori bilan seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi. Loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosa va ekspertizadan o‘tkazish uchun FAga yo‘naltiriladi. Shundan so‘ng, 3 oygacha tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qilinadi.

Tong vaqti Toshkent tumanida ikki marta zilzila qayd etildi
14 oktabr 2022, 10:10

Tong vaqti Toshkent tumanida ikki marta zilzila qayd etildi

Qozog‘istonning Toshkentga yaqin bo‘lgan hududida tongi soat 04:39 va 05:16 da ikki zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Toshkent tumanida sezildi.

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi
15 sentabr 2022, 16:57

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri sifatida Izboskan tumani qayd etildi.

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon
9 sentabr 2022, 09:46

Kechasi zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr — Andijon

9 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da Andijonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila magnitudasi epitsentr — Asaka tumanida 3,3 ballga teng bo‘lgan. Bundan yarim soatcha oldinroq esa Qirg‘izistonda yer qimirladi, uning ta’siri Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxda sezildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
6 sentabr 2022, 21:40

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 66 kishiga yetdi, 250 dan ortiq mahalliy aholi jarohatlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston sharqida zilzila sezildi
27 iyul 2022, 15:23

O‘zbekiston sharqida zilzila sezildi

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan 4,5 magnitudali zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilganini ma’lum qildi. Mamlakat sharqida zilzila kuchi 2−3 ballni tashkil etgan.

Pokiston, Eron va Qatar Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi
23 iyun 2022, 15:46

Pokiston, Eron va Qatar Afg‘onistonga gumanitar yordam yubordi

Afg‘onistonda chorshanba kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan talofat ko‘rgan aholiga Pokiston, Eron va Qatardan gumanitar yordam yuklari yetib keldi. Shifoxonada jabrlanuvchilardan biri oilasining 19 nafar a’zosini yo‘qotganini so‘zlab berdi. Bundan tashqari, Paktikada suv toshqini ham kuzatildi.

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV
22 iyun 2022, 20:24

O‘zbekiston zilzila oqibatlarini bartaraf etishda Afg‘onistonga ko‘maklashishga tayyor — TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirib, hukumat tabiiy ofat oqibatlarini tezroq bartaraf etishda Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi
22 iyun 2022, 20:11

Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi

Afg‘onistonda chorshanbaga o‘tar tunda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ming nafardan oshdi. Bosh vazir jabr ko‘rgan oilalar uchun 100 mln afg‘oniy ($1,1 mln) ajratdi. Mudofaa vazirligi voqea joyiga 7 ta vertolyot va tibbiy brigadasini jo‘natdi.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilada qariyb 300 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
22 iyun 2022, 12:13

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilada qariyb 300 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

22 iyun kuni tunda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6,1 magnitudali zilzila oqibatida qariyb 300 kishi halok bo‘lgani, 600 dan ortiq kishi esa jarohat olgani aytilmoqda. Qo‘shni mamlakatdagi yerosti silkinishlari O‘zbekiston hududlarida ham (2−3 ball atrofida) sezildi.

Seysmik zaif ko‘p qavatli uylar o‘rniga yangilari quriladi
30 may 2022, 21:55

Seysmik zaif ko‘p qavatli uylar o‘rniga yangilari quriladi

Prezident farmoni bilan 1 oktabrdan respublikadagi ko‘p kvartirali uy-joylar zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilib, ular natijalariga ko‘ra seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan uylar o‘rniga yangilari quriladi. Shuningdek, 2023 yildan boshlab 9 va undan yuqori qavatli yangi qurilayotgan binolarda vibrodinamik uskuna yoki maxsus asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruv o‘tkazib boriladi.

Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi
12 may 2022, 15:47

Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Payshanba kuni soat 15:27 da Surxondaryo viloyatida 5 ballik zilzila sodir bo‘ldi, epitsentr — Boysun tumani. Buning natijasida O‘zbekistonning o‘nlab hududlarida 2 balldan 5 ballgacha bo‘lgan yer silkinishlari kuzatildi.

Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi
28 aprel 2022, 05:04

Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi

Andijon hududida sodir bo‘lgan 4,1 magnitudali zilzila Xonobod, Qo‘rg‘onepa, Jalaquduq va Xo‘jaobod tumanlarida ham sezildi.

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
14 mart 2022, 11:40

Toshkent viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Tojikiston hududida sodir bo‘lgan 4,7 magnitudali zilzila Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham sezildi.

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi
5 fevral 2022, 10:12

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi

Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezildi.

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
10 yanvar 2022, 08:48

Surxondaryoda kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanida kechasi kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi. Bu va boshqa hududlarda yer osti silkinishlari kuchi 2 dan 3 ballgachani tashkil etdi.

Farg‘onada bir kunda 2 marta zilzila sodir bo‘ldi
23 dekabr 2021, 17:32

Farg‘onada bir kunda 2 marta zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida bir kun ichida 2 marotaba yer qimirladi, har ikki holatda magnituda 3 balldan yuqoriroqni tashkil qilgan. Epitsentr poytaxtdan 196 km uzoqlikda joylashgan.

O‘zbekistonning bir necha hududlarida zilzila sezildi
18 dekabr 2021, 14:22

O‘zbekistonning bir necha hududlarida zilzila sezildi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila sezildi. Uning epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan.

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer qimirlashi kuzatildi
17 noyabr 2021, 16:41

O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer qimirlashi kuzatildi

Qirg‘izistonda kuzatilgan zilzila O‘zbekiston hudularida ham sezildi. Jumladan, Xonobodda 3−4 ball, Qo‘rg‘ontepada 3 ball, Jalaquduqda 3 ball, Paxtaobodda 3 ball, Asakada, Norin, Marhamat va boshqa tumanlarda 2 ballik silkinishlar qayd etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting