5 dekabr kuni 07:07 da Andijon viloyati Asaka tumani hududida zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Epitsentrda magnituda 3,4 ni tashkil etdi. Chuqurlik — 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 263 km janubiy-sharqda.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston hududida tez-tez yer osti silkinishlari qayd etilmoqda. Dushanba, 14 noyabr kuni mamlakat hududida uch marta (1, 2, 3) zilzila bo‘lgan edi. Oradan bir kun o‘tib, Samarqand viloyatida 4 ballik zilzila sodir bo‘lgandi.