Turkiyadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 1541 nafarga yetdi, yana 9733 nafari tan jarohati oldi. Bu haqda Turkiya prezidenti yordamchisi Fuat Oksay ma’lum qildi.

Qahramanmarash, Kilis, Diyarbakir, Adana, Osmaniya, Gaziantep, Shanliurfa, Adiyaman, Malatya va Hatay viloyatlarida 3471 ta bino vayron bo‘lgan.

Turkiya hukumati aholini yer silkinishidan qo‘rqib, uylariga qaytmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qilib, zilzila qurbonlari ko‘pligi munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi. Ertaga, 7 fevral kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 60 nafar qutqaruvchidan iborat guruhi Turkiyaga uchadi, jabrlangan mamlakatga gumanitar yordam ham jo‘natiladi.